Charles Robert Darwin (talaffuzi: Charlz Robert Darvin;, inglizcha: Charles Robert Darwin, 12-fevral, 1809[1][2]19-aprel, 1882) ingliz tabiatshunosi boʻlgan. Barcha turlar bir yoki bir necha umumiy ajdoddan tabiiy tanlanish orqali kelib chiqqani haqidagi ilmiy gipotezani ilgari surgan. Evolutsiya haqiqatdan ham sodir boʻlishini ilmiy jamoat Darwin hayotligi vaqtidayoq qabul qildi, lekin evolutsiyaning aynan tabiiy tanlanish orqali kechishi haqidagi iddao faqat 1930-larga kelib tan olindi. Darwin'ning gipotezalari zamonaviy evolutsiya nazariyaning asosi boʻlib xizmat qildi.

Charles Darvin
Tavalludi 12-fevral 1809-yil
Shrusburi, Shropshir, Angliya
Vafoti 19-aprel 1882-yil(1882-04-19)
(73 yoshda)
Kent, Angliya
Istiqomat joylari Angliya
Fuqaroligi Britan
Sohasi Tabiatshunoslik
Taʼlimi Edinburg universiteti
Kembridj universiteti
Akademik rahbarlari Adam Sedgwick
Mashhur ishlari Turlarning kelib chiqishi
Tabiiy tanlanish
Mukofotlari Qirollik Medali (1853)
Wollaston Medali (1859)
Copley Medali (1864)
Dini Angliya Cherkovi, biroq oilasi Unitarian boʻlgan, 1851-yildan keyin agnostik.

DARVIN (Darvin) Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberi shahri - 1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlogʻi) — ingliz tabiatshunosi, hayvon va oʻsimlik turlarining tabiiy tanlanish yoʻli bilan kelib chiqqanligi haqidagi evolyusion taʼlimot asoschisi (qarang Darvinizm). "Bigl" kemasida tabiatshu-nos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831—36), zoologiya, botanika, geol., paleontologiya, antropologiya va etn. sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biol. va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyusiyasining asosiy omillarini ochib berdi. D. "Turlarning kelib chiqishi" asarida hayvon va oʻsimlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qildi. "Odamning paydo boʻlishi va jinsiy tanlanish" asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar tahrir

  1. AboutDarwin.com - Darwin's Timeline, 2011-04-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-04-13
  2. Charles Darwin: A pictorial biography by Danny Vendramini - Part 1, 2011-12-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-04-13