Chastota — 1) fizikada — davriy tebranishning miqdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u oʻtadigan vaqtga nisbati. Ch. v (texnikada f) tebranish davri T ga teskari kattalik. 2) ehtimollar nazariyasida — biror hodisaning roʻy berishi sonining tajribalar umumiy soniga nisbati. Agar hodisaning tajribada alohida roʻy berishi ehtimoliga teng boʻlsa, yetarlicha kattalar uchun har qanday kichik boʻlganda ushbu tengsizlikni qanoatlantiradi. Bu xulosa katta sonlar qonunidan kelib chiqadi. Ch. tushunchasi ehtimollikning statistik taʼrifi uchun asos boʻladi; 3) kino texnikasida — kinoga olish yoki kino qoʻyishda yoki televizor ekranida kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi. Standart tezlik sifatida 1 sekundda 24 kadr almashinishi qabul qilingan (baʼzan 8 va 16 mm li kinolentalar ishlatilganda 1 sekundda 16 kadr almashinadigan tezlik qabul qilinadi). Televizor ekranida kadrlar almashinishi standart boʻyicha 25 Gs ga teng.