Chennay (1996-yilgacha Madras) -Hindistonning jan. qismidagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida. Tamilnad shtatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 6,8 mln. kishi (2001).

Iqlimi issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 32°. Yiliga oʻrtacha 1200 mm yogʻin yogʻadi. Teztez boʻlib turadigan tropik siklonlar shaharga katta zarar keltiradi. Ch. kattaligi jihatdan mamlakatda Mumbay, Dehli, Kalkuttadan keyin 4oʻrinda turadi. Ch. — Hindistonning eng katta portlaridan. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi. Ch.da mamlakat sanoat mahsulotining ʻ/]0 qismi ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip gazlama), mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, harbiy), metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Neft qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, tamaki, poligrafiya, elektronika, sement, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. universitet (1857), Hindiston geogr. jamiyati, ilmiy tadqiqot institutlari, texnika instituti, Musiqa akademiyasi, markaziy kutubxona, davlat muzeyi, Milliy badiiy galereya, teatr, kinostudiya, rasadxona va boshqa bor. Ch. oʻrnida 17-asr boshlarida balikchilarning Madraspatam nomli qishlogʻi boʻlgan. Angliyaning OstIndiya kompaniyasi bu yerda qalʼa qurib (1639—40), bosh qarorgohini koʻchirib keltirgan. Oʻsha vaqtdan Ch. inglizlarning Hindistondagi harbiy tayanch bazasi va savdo punkta. 1746—49 yillarda fransuzlar qoʻl ostida boʻlgan. 18-asrning 2yarmi va 19-asr boshida Ch. inglizlarning Hindistonning jan.sharqiy qismidagi bosib olgan yerlarining siyosiymaʼmuriy markazi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), Ch. Madras (1969-yildan Tamilnad) shtatining maʼmuriy markazi. Ch. yaqinida tamil meʼmorligi yodgorliklaridan Maqabalipuram majmuasi saqlangan.