Chevrolet Orlando (koreyscha: 쉐보레 올란도) — General Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet markasi ostida, Chevrolet Cruze platformasida ishlab chiqariluvchi besh eshikli yetti oʻrindiqli oilaviy kompaktven[1]. Ilk bor 2008-yilning noyabr oyida Parij avtosalonida kontsept-kar koʻrinishida namoyish etildi. 2010-yilda seriyali ishlab chiqarila boshladi. Rossiyada esa Shushari (Sankt-Peterburg) posyolkasidagi avtozavodda ishlab chiqariladi.

Chevrolet Orlando

Chevrolet Orlando
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Chevrolet
Model yili 2010
Avvalgi modeli Chevrolet Rezzo , Chevrolet HHR (Kanada)
Tasnifi
Sinfi Kompaktven
Komponovkasi Andoza:PP - kompanovka
Platformasi GM Delta II
Kuch moslamalari
Dvigateli 1796 sm³ l4 (141 o.k.) benzin
1998 sm³ l4 (163 o.k.) dizel
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2760 mm
Uzunligi 4652 mm
Kengligi 1836 mm
Balandligi 1633 mm
Vazni 1528 kg
Bak hajmi 64 l
Eksteryer
Kuzov turi hetchbek
Oʻrindiqlar soni 7 ta
Eshiklar soni 5 ta
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Suzuki Ertiga, Kia Carens, Ford C-Max, Volkswagen Touran
Chevrolet Cruze
Buick Verano
Opel Meriva
Opel Zafira
Opel Ampera
Chevrolet Volt
Opel Astra J
Cadillac ELR

Interyrer tahrir

 
Chevrolet Orlando saloni

Avtomobilning ichi oila uchun moʻljallangan boʻlib, barcha pozitsiyalarda uch qator oʻrindiqdan iborat. Uchinchi qator oʻrindiqlari joylashgan qismi salon balandligi boʻyicha shu klassdagi oʻzining raqobatchilarini nisbatan ustunlikka ega.[1]. Yukxona hajmi 958 litr (5 ta joy) yoki 1594 litr (2 ta joy) gacha oʻzgarishi mumkin[2].

Modifikatsiyalari tahrir

Avtomobil uzatish qutisiga va salonni qoʻshimcha jihozlanishiga koʻra bir necha pozitsiyalari taqdim etilgan. 2013-yilgacha pozitsiyalar jadvali quyidagicha edi: Base, LS, LS+, LT. Barcha pozitsiyalariga 1,8 litr hajmli benzin dvigatellari oʻrnatilgan. 5 pogʻonali mexanik yoki 6 pogʻonali avtomatik uzatish qutisi bilan taʼminlangan. Har bir pozitsiya oʻzining boshqaruv tizimi, qulayligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. 2013-yildan boshlab model qatori LS, LT, LT+, LTZ ga oʻzgardi (siljidi). Lekin komplektatsiyalar oʻzgarishsiz qoldi. 2013-yilning martidan boshlab 2 litrli dizel dvigatellar modifikatsiyalari paydo boʻldi.

Havfsizlik tahrir

Euro NCAP requires a year parameter

Galireya tahrir


Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Opisanie Chevrolet Orlando“. 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-iyul.
  2. …dvigatelyami i KPP, imeyut podklyuchaemiy polniy privod., 2013-08-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-12

Havolalar tahrir