ChimboyQoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanidagi shahar (1974-yildan), tuman markazi. Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus temir yoʻl stansiyasidan 56 km uzoqlikda joylashgan. Aholi soni 39 571 kishini tashkil qiladi (2009).

Chimboy
shahar
42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528 G OKoordinatalari: 42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston
Hukumat
Asos solingan 1926
Aholisi
 (2009)
39 571
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 61
Chimboy xaritada
Chimboy
Chimboy
Chimboy xaritada
Chimboy
Chimboy

Chimboy XVII asrda baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—1977-yillarda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan VII—VIII asrlarga oid ashyolar topilgan. Tarixiy manbalarda Chimboy dastlab Shoxtemir deb yuritilgan. Shoxtemir deb atalishining sababi, Shoxtemir degan kishi boʻlib, shu yerlarning podshohi boʻlgan[1]. 1643-yilda bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740-yilda Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741-yili geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.

1890-yilda Chimboyda rus tuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. XX asrning 1-choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va boshqa mollarni olib kelishgan. 1907—1908-yillarda beda urugʻi va boshqa turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. 1913-yilda Chimboyda paxta tozalash, beda urugʻini tazolash zavodlari qurilgan. 1916-yili 29-iyulda Chimboy aholisi rus podshohligi hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919-yilda Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920-yilda Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Chimboyda bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Chimboyga 1927-yilda shaharcha maqomi berilgan. 1935-yili pedtexnikum va oʻqituvchilar tayyorlaydigan kurs ochildi. 1980-yili temir yoʻl oʻtkazildi.

Chimboyda paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfalt, beton zavodlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, umumiy taʼlim maktablari, pedtexnikum, kasb-hunar kolledji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi[2].

Chimboy shahri Nukus shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan. 1959-yildagi hisob boʻyicha Chimboyda 16 ming, 1965-yilda esa 18 ming kishini tashkil etadi[3].

Chimboydan taniqli shoir-yozuvchilar, madaniyat xodimlari, xudojnik va olimlar yetishib chiqqan. Ulardan Qasim awezov, Dauletbay Shamshetdinov, Shamurat Musaev, Abbaz Dabilov, Oʻmirbek laqqi, Qazi Maulik, Ibraim Yusupov, Bayniyaz Qayipnazarov, Yuldash Mamutov, Gulxan Sherazieva, Abdireyim Sultanov, Roman Sultanov, Seydqasim Baraqov, Qudaybergen Turdiqulov, Suluvxan Mambetova, Qauender Berdimuratov kabilar.

Iqlimi tahrir

Chimboy iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 17 24 35 37 41 43 45 46 41 34 27 20 46
Oʻrtacha maksimal, °C 1 4 11 22 28 34 35 34 27 19 10 3 19
Oʻrtacha harorat, °C −4 −2 5 14 21 26 28 26 19 11 4 −2 12
Oʻrtacha minimal, °C −8 −7 −1 7 14 18 20 18 11 4 −1 −6 6
Mutlaq minimal, °C −34 −30 −23 −9 −1 5 8 7 −4 −13 −26 −30 −34
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 12 12 20 18 21 7 4 3 3 7 15 12 134
Manba: Погода и климат

Manbalar tahrir

  1. К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.
  2. "Chimboy" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Ўзбекистан. ответ. Редактор Бабушкин Л.Н. Москва. 1964. Численные населения (тыс. писатель) Чимбай. стр 298

Havolalar tahrir