Choliqushi

turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman

„Choliqushi“ (turkcha: Çalıkuşu) — turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qilinadi.

Choliqushi
Asl nomi Çalıkuşu
Muallif(lar) Reşat Nuri Güntekin
Tarjimon(lar) Mirzakalon Ismoiliy
Til turkcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1922
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1968
1988
Sahifalar soni 420 (1968)
395 (1988)
ISBN ISBN 5-635-00038-X 1988

Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.

1966-yil „Choliqushi“ asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan.

Syujet tahrir

Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Farida oʻz xolasining oʻgʻli Komronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Farida oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.

Qahramonlar tahrir

  • Farida (Choliqushi) (turkcha: Feride (Çalıkuşu)) – bosh qahramon
  • Komron (turkcha: Kâmran) – Faridaning sevgilisi
  • Basima (turkcha: Besime) – Faridaning xolasi, Komronning onasi
  • Mujgon (turkcha: Müjgan) – Faridaning xolavachchasi
  • Oysha (turkcha: Ayşe) – Faridaning xolasi, Mujgonning onasi
  • Munisa (turkcha: Munise) – Faridaning boqib olgan qizi
  • Xayrullo (turkcha: Hayrullah) – yoshi keksa doktor
  • Sayfuddin (turkcha: Seyfettin) – Komronning otasi

Oʻzbekcha nashr tahrir

Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta, jumlaldan, 1968- hamda 1988-[1] yillarda chop etilgan. Mazkur nashrlar Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida Miad Hakimov soʻngsoʻzi keltirilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Choliqushi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.

Havolalar tahrir