Chomga, katta qoʻngʻir (Podiceps cristatus) — qoʻngʻirsimonlar turkumiga mansub qush. Uzunligi 54—60 sm. Bahorda nari va modasi boshining ensa qismidagi uzun patlari boʻynidan orqaroqda hurpaygan kokil va boʻyinbogʻ hosil qiladi. Yevroosiyo, Afrika, Avstraliya, shuningdek, Kaspiy dengizi va Oʻrta Osiyo suv havzalarida tarqalgan. Koʻllarda suzuvchi uya quradi; 3—4 ta tuxum bosadi. Urchish davrida har xil murakkab xattiharakatlar namoyish etib, juft hosil qiladi.

Chomga
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Podiceps cristatus
Podiceps cristatus