Chordara tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 13 ming km2 (viloyatning-11,1 %). Aholisi 79,028 kishi (2013). Tuman markazi — Shardara shahri. Tuman 1969-yili oktyabr oyida Qizilqum tumaning oʻrniga tashkil topdi.

Chordara tumani
Шардара ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Shardara
Asos solingan sanasi 1969-yil
Akim Ibadullaev Serikbay Ibadullaevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 79,028[1]
Zichligi 6,07 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar
Ruslar
Oʻzbeklar
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 13 000 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72535[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Chordara tumani xaritada
Koordinatalari: 41°19′12″N 67°50′24″E / 41.32000°N 67.84000°E / 41.32000; 67.84000 G O

Aholisi tahrir

Tuman aholisi 2013-yilgi sanoq boʻyicha 79,028 kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 6,07 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar — 93,9 % tashkil qiladi, shuningdek ruslar — 4 %, boshqalari — 2,1 %.

Tarixi tahrir

Tuman yeri asosan Sirdaryoning soʻng yoqasida, Qizilqum qumining janubi-sharqida joylashgan. Qizilqumning minglagan gektar choʻlu-biyobonlariga, suv yuborib, aholini koʻchirish uchun 1958-yil „Shardara qurilis“ boshqarmasi tashkil topdi. Kengash ittifoqining boshqa hududlaridan kelgan minglagan komsomol yoshlar, yuqori bilimli mutaxasislar, shu hududning yosh mutaxasislari bilan ishladi. 1967-yili 15-oktyabrda Davlat komissiyasi hajmi 5 mlrd. 700 mln. m3 Shardara toʻgʻoni va suv elektr stansiyasining qurulishi nihoyasiga yetgani toʻgʻrisidagi aktga imzo chekdi. Shu yili Sirdaryo daryosi yoqalab uzun 130 km Qizilqum magistralli kanali ishga tushdi.

Ijtimoiy soha tahrir

Tumanda tibbiyot sohasida 43 mahkama faoliyat yuritadi. Ular: tuman kasalxonasi, 3 qishloq kasalxonasi, 9 qishloq shifokorlik ambulatoriya, 9 feldsher-akusherlik punkt, tuman silga qarshi dispanser, san-epidemiologik stansasi, stomatologik shifoxona. Taʼlim va madaniyat sohalaridan: 30 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 35 ta kutubxona, 10 ta madaniyat uyi, klublar, xalq teatri, 1 kinoteatr, „Shardara tolqindari“ ansambli ish yuritmoqda. 1969-yildan boshlab tuman „Oʻsken oʻnir“ roʻznomasi chiqadi.

Katta qishloqlari tahrir

  • Chordara shahri
  • Koʻksuv
  • Shardara
  • Qoʻsseyit
  • Uzinata
  • Qozogʻiston
  • Tselinnoe

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental. Qishi iliq, yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −4 — 6 °C. Yoz oylari issiq, iyulning oʻrtacha harorati 28 — 29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 150–200 mm.

Iqtisodi tahrir

Tumanda asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi, yetishtiriladigan asosiy mahsulolati: pahta, mevalar va koʻkatlarni sotuvga chiqaradi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir