Christian Charles Philip Bale (talaffuzi: Krischen Charlz Filip Beyl; 30-yanvar, 1974) ingliz aktyordir.[1] Amerika filmlarida suratga tushib tanilgan Bale mustaqil va art filmlarda ham rollar ijro etgan.

Christian Bale

Christian Bale (2009)
Tavalludi
Christian Charles Philip Bale

30-yanvar 1974-yil (1974-01-30) (50 yosh)
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1982—bugun

Bale oʻzbek tomoshabiniga ilk bora Bolaginam Mio (1987) filmidagi Jum-Jum roli orqali tanilgan, dunyo eʼtiboriga esa Steven Spielberg'ning Empire of the Sun (1987) filmida rol oʻynab tushgan. 2000-yili u Amerika Jinnisi filmida Patrick Bateman ismli serial qotil rolini ijro etib, kinotanqidchilar maqtoviga erishdi. 2004-yilgi Mashinist kinosida qiltiriq stanokchi rolida suratga tushish uchun 28 kilo vazn yoʻqotib, metodli ijrochi (yaʼni rolga butunlay kiruvchi ijrochi) ekanligini isbotladi.[2]

Bale Christopher Nolan'ning Batman Muqaddima (2005), Qora Ritsar (2008) va Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi (2012) filmlarida Batman rolini ijro etib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2010-yilgi Kurashchi filmidagi Dicky Eklund roli esa unga Oscar mukofotini keltirdi.

Manbalar tahrir

  1. „Christian Bale: American Psycho“. IMDB News. — „I was born in Wales but I'm not Welsh – I'm English“. 2004-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2008-yil. (Wayback Machine saytida 2011-07-23 sanasida arxivlangan)
  2. arxiv nusxasi, 2014-01-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-07

Havolalar tahrir