Chumolilar soʻqmogʻi

oʻzbek yozuvchisi Gʻozi Rahmon qalamiga mansub hikoyalar toʻplami

„Chumolilar soʻqmogʻi“oʻzbek yozuvchisi Gʻozi Rahmon qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, jonivorlar, parrandalar, oʻsimliklar hamda giyohlar haqidagi hikoyalar hamda badiiy lavhalar kiritilgan. Asar rasmlarini X. Ziyoxonov chizgan.

Chumolilar soʻqmogʻi
Muallif(lar) Gʻozi Rahmon
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 80
ISBN ISBN 5-8250-0152-2

Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Chori Avaz – muharrir, A. Shoalimov – rasmlar muharriri, M. Mirrajabov – texnik muharrir, R. Fayziyev – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „Chumolilar soʻqmogʻi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.