Danaylar — Yunonistonning Argolida viloyatida yashovchi qad. yun. qabilalari, Gomer asarlarida D. Troya urushi qatnashchilari boʻlib, ayyorlik qilib (yogʻochdan yasalgan Troya oti yordamida) Troyani olganlar; shundan "danaylar hadyasi" degan, yaʼni qabul qiluvchilar uchun halokatli boʻlgan hadyani anglatuvchi ibora kelib chiqqan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil