Darvozabon (shuningdek, golkiper inglizcha: goalkeeper soʻzidan olingan) — darvozani himoya qiluvchi futbolchi. Asosiy maqsadi raqib jamoa futbolchilarini gol urishiga yoʻl qoʻymaslik. Koʻpincha jarima maydonchasi ichida darvoza yaqinida oʻynaydi. Darvozabonlar odatda, baland boʻyli, yaxshi refleks va ajoyib epchillikka ega futbolchilar boʻlishadi. Odatda har bir jamoada asosiy darvozabon va ikki nafar oʻrinbosar darvozabonlar boʻladi.

Iker Casillas

Qoʻl bilan oʻynash tahrir

Darvozabon atayin qoʻllari bilan toʻpga tegishi mumkin boʻlgan (autdan uzatilgan toʻplarni hisobga olmaganda) yagona oʻyinchidir. U darvoza tomon yoʻllangan zarbalarni qoʻllari bilan qaytaradi; toʻplarni ushlab olib jarima maydonchasi va darvoza maydoniga havodan yoki pasdan uzatadi, shuningdek, „birga — bir“ holatlarda toʻpni egallab oladi. 1912-yilda darvozabonlarning darvoza yaqinidagi jarima maydonchasi ichida qoʻli bilan toʻpga tegib oʻynashi mumkin boʻlgan hudud chegarasi belgilab qoʻyildi (bunga qadar darvozabonlar maydon markazigacha boʻlgan hududda qoʻllari bilan toʻpga tegib oʻynashi mumkin boʻlgan). Jarima maydonchasi tashqarisida darvozabon oddiy oʻyinchi kabi harakat qiladi (xususan, oʻz jarima maydonchasi tashqarisida toʻpni qoʻli bilan ushlasa, ushbu vaziyatda qolgan oʻyinchilar qanday jazolansa, darvozabonga ham xuddi shunday jazo belgilanadi). Darvozabon oʻz jarima maydonchasi ichida toʻpni qoʻli bilan tashlab, oʻz darvozasiga ham gol urishi mumkin va bu gol hisobga olinadi (masalan, SSSR chempionatida bunday holat 1971-yilda sodir boʻlgan)[1]. Shu bilan birga, darvozabon toʻpni qoʻli bilan oʻynab raqib jamoa darvozasiga tashlashga haqli emas — rasmiy oʻyin qoidalarining „10 — qoidasi“ga koʻra, „Agar darvozabon toʻp (koptok)ni qoʻli bilan togʻridan — toʻgʻri raqib darvozasi tomonga uloqtirsa — darvozaga zarba beriladi yoki belgilanadi“.[2]

Shuningdek, darvozabon oʻz jamoadoshi tominidan uzatilgan uzatma va autdan oshirilgan toʻpni qoʻli bilan ushlashi mumkin emas (toʻpni tananing beldan yuqori boʻlgan biron bir qismi bilan qabul qilib olib qonuniy paslar uzatishi yoki oyogʻi bilan toʻxtatib keyin toʻpni qoʻlga olishi mumkin). Toʻp jamoadoshiga tasodifan tegib ketganidan keyin darvozbon uni qoʻli bilan ushashi qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Biroq darvozabon jamoadoshi tomonidan uzatilgan toʻpni qasddan qoʻllari bilan qabul qilsa, bu qoidabuzarlik uchun bilvosita uning darvozasi tomonga jarima zarbasi belgilanadi. Garchi oʻyin davomida darvozabon, qoida tariqasida, himoya qilinayotgan darvozaga yaqin boʻlsa-da, uning jarima maydonchasini tark etishiga hech qanday taqiq yoʻq. Xususan, darvozabon oʻz jamoasining hujum harakatlariga bogʻlanib, hatto gol urishi ham mumkin.

Oʻyin texnikasi tahrir

Darvozabon oʻyin davomida toʻpni mahkam quchoqlab olish, zarb bilan uzatilgan toʻpni tananing biron bir qismi bilan qabul qilib olish (toʻpni qoʻl bilan ushlashning iloji boʻlmasa), pasdan toʻpga oyoq bilan tegib, toʻpni sakratgandan soʻng ushlab olish kabi usullardan foydalanadi.

Darvozabonning oʻziga xos fazilatlari (qobiliyatlari) tahrir

 
Maksym Koval

Darvozabonlarning tana tuzilishi atletlarga xos boʻlishi, jarima maydonchasi ichida unga alohida ustunliklarni taqdim etuvchi sakrash qobiliyatiga ega boʻlishi, harakatchanlik, quvvat, epchillik, akrobatit harakatlar va raqibni ortda qoldirish kabi fazilatlarga ega boʻlishi talab etilib, toʻpni har qanday holatda toʻxtib oʻziga boʻysundirishi va ushlay olishi yoki mushtlari bilan qaytarishi kerak boʻladi. Qabul qilib olgan toʻpni kuchli zarb bilan uloqtirishi yoki uzatib berishi lozim. Shuningdek, ushlab olish imkonsiz boʻlgan holatlarda toʻpni darvoza ustini tepasidan yoki yonidan oʻtkazib yuborishi talab etiladi.

Darvozabon oʻz darvozasi oldida toʻgʻri pozitsiyani tanlay olishi, toʻpni qaytarishda ishonchli oʻynashi, darvoza oldida himoyani tashkil qilishi va tezkorlik bilan qarshi hujumga oʻtishni tashkillashtirishi kerak. Darvozabonning oʻyinida ehtimollik va kutilmagan vaziyatlar tez-tez yuzaga kelishi bois, undan topqirlik, tezkor reaksiya, diqqatni jamlash va harakatni muvofiqlashtirish qobiliyati, harakatlarning fazoviy, vaqtinchalik, dinamik aniqligi va biomexanik oqilona qarorlarni qabul qilish talab qilinadi.[3]

Harakatni muvofiqlashtirish qobiliyatlari deganda tez, aniq, maqsadga muvofiq, vaqtdan unumli foydalangan holda mohirona tarzda, yaʼni harakatli muammolarni (ayniqsa murakkab va kutilmagan qiyinchiliklarni) eng mukammal usulda hal qilish qobiliyati tushuniladi[4]

Darvozabonlar libosi tahrir

 

FIFA tomonidan tasdiqlangan futbol oʻyinining 4-qoidasiga koʻra, darvozabon oʻz formasi bilan jamoaning boshqa aʼzolaridan, raqib jamoa oʻyinchilaridan, shuningdek, uchrashuv hakamlaridan farq qilishi talab etiladi. Baʼzi darvozabonlarni kiyinish uslubidan muxllislari yaxshi tanishgan, jumladan, Lev Yashin liboslari rangiga koʻra „qora pantera“ laqabini olgan. Xorxe Kampos ham rang-barang formasi bilan ajralib turgan. Odatda jamoadagi birinchi raqam darvozabon uchun saqlanadi. Futbol tarixida ushbu qoida istisno qilingan holatlar ham boʻlgan, bular — braziliyalik Gilmar (1958-yilgi Jahon chempionatida 3-oʻrin) va argentinalik darvozabonlar Ubaldo Fillol, Neri Pumpido, Xorxe Goykoechea va boshqalardir. (1974-yildan 1990-yilgacha boʻlgan davrda Argentina milliy terma jamoasidagi raqamlar ampluasidan qatʼiy nazar alifbo boʻyicha taqsimlangan).

Barcha futbolchilar uchun majburiy boʻlgan asosiy anjomlardan tashqari, darvozabonlar uchun zarbalarni yumshatuvchi va toʻpni yanada ishonchli egallash imkonini beruvchi maxsus qoʻlqoplar yaratilgan. Bunday qoʻlqoplar orasida barmoqlar choʻzilishi kabi jarohatlarning oldini olish uchun moʻljallangan xususiyatlarga ega turlari ham mavjud. Darvozabonlarning qoʻlqopdan foydalanishi majburiy emas, biroq professional darvozabonlarning qoʻlqoplardan foydalanmasligini kamdan-kam holatda koʻrish mumkin. Qoʻlqoplardan birinchi marta XX-asr oʻrtalarida argentinalik darvozabon Amadeo Karriso foydalangan.

 
Darvozabonlar qo‘lqopi

Oʻyin davomida shuningdek, boshqa anjomlardan foydalanishga ham ruxsat beriladi. Bu darvozabon uchun ham, jamoaning boshqa ishtirokchilari uchun ham turli travmatik holatlarning oldini olish maqsadida qoʻllaniladigan yumshoq himoya dubulgʻasi yoki yumshoq qalpoqlar boʻlishi mumkin. Masalan, chexiyalik darvozabon Petr Chex jarohatdan soʻng doimiy ravishda himoya dubulgʻasidan[5] foydalanadi, bu esa oʻsha paytdan beri uning „tashrif qogʻozi“ga aylangan.

Darvozabonlarni almashtirish tahrir

Oʻyin toʻxtab turgan vaqtda istalgan oʻyinchi darvozabon bilan oʻrnini almashtirishi mumkin (hakamni oldindan xabardor qilish orqali), shundan soʻng darvozabonning barcha huquqlari ushbu oʻyinchiga oʻtadi[6]. Amalda bu qoida odatda darvozabon jarohat olganda yoki maydondan chetlatilganda, shuningdek jamoada oʻyinchi almashtirish limiti tugatgan yoki oʻrinbosar darvozabon yoʻq boʻlgan vaziyatda qoʻllaniladi. Bunday almashtirishlarning soni cheksiz boʻlishi mumkin. Zaxiradagi 2 nafar darvozabon (majburiy) va qolgan oʻyinchilar ham darvozada turishi mumkin.

Darvozabonlar hujumda tahrir

 
Mathew Ryan

Darvozabonning asosiy vazifasi oʻz darvozasini himoya qilish boʻlishiga qaramay, baʼzi darvozabonlar koʻpincha oʻz jarima maydonlaridan tashqarida yaxshi oʻyin namoyish etishadi. Bunday darvozabonlar sirasiga Rene Iguita, Xorxe Kampos, Bryus Grobbelaar, Manuel Noyerlarni kiritish mumkin. Darvozabonlarning bunday oʻyin uslubi biroz xavfli boʻlib, agar darvozabon xatoga yoʻl qoʻysa, raqib jamoa aʼzosi boʻsh qolgan darvozaga gol kiritishi mumkin (masalan, 1990-yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Rene Iguitaning xatosi Kolumbiya va Kamerun oʻrtasida kechgan uchrashuvda kolumbiyaliklarning magʻlubiyatiga sabab boʻlgan).

Darvozabonlar baʼzi hollarda gol ham urishadi. Bu odatda quyidagi holatlarda sodir boʻladi:

  • Darvozabonlar jarima zarbalari va penalti tepishda aniq trayektoriya boʻyicha harakatlanadi (bunday oʻyinchilarga Manuel Noyer, Rene Iguita, Rojerio Seni, Xose Luis Chilavert, Xans-Yorg Butt va boshqalarni kiritish mumkin). Biroq darvozabon jarima zarbasi yoki penalti tepganida, raqib jamoaning qarshi hujumga oʻtishi va boʻsh qolgan darvozaga gol urish xavfi mavjud boʻladi.
  • Darvozabon oʻyinning soʻnggi daqiqalarida kerakli golni urish maqsadida jamoasini hujumga chorlashi mumkin. Xorxe Kampos, Mikelanjelo Rampulla, Piter Shmeyxel, Mart Pum, Yens Lemann (2ta gol) va boshqalar ayni shu kabi holatlarda gol urishgan. 2007-yil 15-mart kuni UEFA kubogi 1/8 finali doirasidagi „Sevilya“-"Shaxtyor" uchrashuvida oʻyin „Shaxtyor“ foydasiga 2:1 hisobida yakunlanayotgan soʻnggi daqiqalarda „Sevilya“ darvozaboni Andres Palopning urgan goli uning klubi foydasiga oʻyinda qoʻshimcha vaqt taqdim etgan. Shu tariqa oʻyin Andres Palop jamoasi foydasiga gʻalaba bilan yakunlangan (uning jamoasi UEFA kubogini ham qoʻlga kiritgan).
  • Darvozabon oʻz jarima maydonchasidan turib uzoq masofaga zarba yoʻllab gol urishi mumkin. (bunday tajribani Pat Jennings, Dragan Pantelich, Pol Robinson, Yuriy Jevnov, Tim Xovardlar amaliyotida kuzatish mumkin </ref>[7])

Rojerio Seni ayni damda darvozabonlar orasida professional tarzda gol urish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Xose Luis Chilavert terma jamoasi uchun eng koʻp urilgan gol muallifi (8), shuningdek, darvozabonlar orasida xet-trikka erishgan yagona oʻyinchidir (Argentinaning „Veles Sarsfild“ va,,Ferrokaril Oeste" klublari oʻrtasida 1999-yilning noyabr oyida oʻtkazilgan oʻyinda,,Veles Sarsfild" 6:1 hisobida gʻalaba qozongan. Ushbu uchrashuvda Chilavert penaltidan uchta gol kiritgan).

Professional faoliyati davomida eng koʻp gol urgan 10 ta darvozabon tahrir

 
Rogério Ceni

(2014-yil 16-sentabr holatiga koʻra)

Ismi Gollar soni Davlat Faoliyat yillari Terma jamaoda Havola
1 Rojerio Sеni 123   Braziliya 1992—2015 1997—2006 IFFHS
2 Хоsе Luis Chilavert 62   Paragvay 1983—2005 1989—2003 IFFHS
3 Rеnе Igita 41   Kolumbiya 1985—2010 1987—1999 IFFHS
4 Хоrхе Каmpos 40   Meksika 1988—2004 1994—2004 IFFHS
5 Dimitr Ivankov 40   Bolgariya 1995—2011 2003—2010 IFFHS
6 Jonni Vegas 39   Peru 1997—2017 1999—2000 IFFHS
7 Мishel Аlvaro 39   Salvador 1988—2010 1991—2005 IFFHS
8 Хаns-Yorg Butt 29   Germaniya 1994—2012 1999—2010 IFFHS
9 Маrkо Коrnes 24   Chili 1975—1998 1983—1995 IFFHS
10 Dragan Pantelich 22   Yugoslaviya 1971—1985 1979—1984 IFFHS

XFTSF (Xalqaro Futbol Tarixi va Statistikasi Federatsiyasi) talqiniga koʻra yilning eng yaxshi darvozabonlari

Yil Oʻyinchi Klub
1987
  Jan-Маri Pfaff   Bavariya Мyunxen FC
1988
  Rinat Dasayev   Spartak Moskva
1989
  Vаlter Dzenga   Internatsional FC
1990
1991
1992
  Peter Shmeyхel   Manchester Yunayted
1993
1994
  Мishel Pryudomm   Мехеlen FC
1995
  Хоsе Luis Chilavert   Vеlеs Sarsfild FC
1996
  Аndrеаs Кyopkе   Оlimpik Маrsel FC
1997
  Хоsе Luis Chilavert   Vеlеs Sarsfild FC
1998
1999
  Оliver Каn   Bavariya Мyunxen FC
2000
  Fаben Bartez   Manchester Yunayted FC
2001
  Оliver Каn   Bavariya Мyunxen FC
2002
2003
  Janluidji Buffon   Yuventus FC
2004
2005
  Peter Chex   Chelsi
2006
  Janluidji Buffon   Yuventus FC
2007
2008
  Iker Каsilyas   Real Madrid
2009
2010
2011
2012
2013
  Маnuel Noyer   Bavariya FC
2014
2015
2016
2017
  Janluidji Buffon   Yuventus FC
2018
  Тibо Кurtua   Real Madrid
2019
  Аlisson   Liverpul FC
2020
  Маnuel Noyer   Bavariya FC

Madaniyat va sanʼat asarlarida darvozabonlar faoliyatining yoritilishi tahrir

  • „Yuventus futbolkasidagi avto portret“ (1926—1930-yillar), italiyalik rassom Domeniko Dyurante ijodiga mansub ushbu asarda 1900—1911-yillar Turin klublari futbolchi-darvozabonlari tasvirlangan
  • Darvozabon (film, 1936-yil), SSSR
  • Darvozabon (muallif Grigoryev), SSSR(1949-yil), II-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan
  • Futbolchilar (Chaykov haykali), SSSR (1938-yil)
  • Darvozabon (film, 2000-yil), Ispaniya
  • Match (film, 2012-yil), Rossiya

Manbalar tahrir

  1. „Случай с вратарём, «Физкультура и спорт», № 7, 1971 год“. 11-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2017-yil.
  2. „официальный перевод РФС Правил игры в футбол на сезон 2019/20, стр. 93“. 19-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2020-yil.
  3. Берштейн, Н.А.. О ловкости и ее развитии, Москва, 1991 — 228 с. bet. 
  4. Шамардин, А. А. Координационные способности юных футболистов как критерий прогнозирования их специфических двигательных возможностей // Известия Волгоградского государственного педагогического университета. — 2008. — № 1 (25). — С. 115—117.
  5. „Футбольной вратарь сборной Чехии и лондонского «Челси», один из лучших голкиперов мира“. 19-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
  6. The International Football Association Board. Правила игры, Zurich, Switzerland, 2019/20 — 51 bet. 
  7. Бразильский вратарь забил победный гол из своей штрафной // 8 марта 2015

Havolalar tahrir