Daugavpils (latishcha: Daugavpils) — Latviyadagi shahar, Daugava daryosidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 97 ming kishi (2014). Kimyoviy tola ishlab chiqaruvchi birlashma, elektr asboblar, harakatlantiruvchi zanjir i.ch. zavodlari, yengil, oziq,-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mebel kti bor. Ped. instituti, badiiy-oʻlkashunoslik muzeyi, teatr mavjud. Daugavpilsga 1275 y. Dinaburg kalʼasi sifatida Livon ordeni asos solgan, 1656—67 yillarda Borisoglebsk. 1893 y.dan Dvinsk, 1920 y.dan Daugavpils deb atalgan.

Daugavpils manzaralari

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil