Deferent (lot. deferens — eltuvchi, aralashtiruvchi), sayyora deferenti — geotsentrik olam sistemasida sayyoralarning sirtmoqsimon harakatini tushuntirish uchun kiritilgan aylana. Markazi Yerda boʻlgan D. boʻylab sayyora emas, balki epitsikl deb ataladigan boshqa aylananing markazi bir meʼyorda harakatlanadi, sayyora esa epitsikl boʻylab harakatlanadi, deb faraz qilingan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil