Dehqon bozori qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha ixtisoslashgan bozor. Dehqon bozorida, asosan, shaxsiy tomorqalar, dehkrn va fermer xoʻjaliklari, shirkat va jamoa xoʻjaliklari, shahar aholisining hovli va dala hovlilarida yetishtirilgan dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari sotiladi. Oʻzbekistonda Dehqon bozori shaharlar, shaharchalar, tuman markazlari, yirik guzarlarda joylashgan. Baʼzi yirik shaqarlarda oʻnlab Dehqon bozori faoliyat koʻrsatadi (mas, Toshkent shaharda 20 Dehqon bozori va ularning 50 ta shoxobchasi bor). 20-aarning 30-yillarida dehqonlarni omma-viy ravishda k-zlarga birlashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosida k-zlarning keng ish-tiroki natijasida kolxoz bozorlari nomini olgan edi. 80-yillar oxiridan shunday bozorlar "Dehqon bozori" deb ataladigan boʻldi. Oʻzbekistonda tomorka maydonlarining kengayishi, dehqon va fermer xoʻjaliklarining rivojlanishi Dehqon bozorining koʻpayishi va kengayishiga olib keldi, uning aholi taʼminotidagi ahamiyati ortdi. Respublikadagi Dehqon bozorilari 1996-yildan Toshkent shahar va viloyatlar "Bozorsavdo" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasiga kiradi. Respublikada 149 Dehqon bozori bor (2001).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil