Dehxudo Mirza Aliakbarxon Qazviniy

Dehxudo Mirza Aliakbarxon Qazviniy (1879—Tehron—1956) — eron yozuvchisi, olim va jamoat arbobi. Eron Tillar akademiyasi (Farhangiston)ning aʼzosi, Tehron universitetining prof. 1906 y.dan nashr etila boshlagan "Isrofil karnayi" hajviy jurnal noshiri. D. qator hajviy hikoya va sheʼrlar muallifi. Uning ilmiy merosida "Maqollar va matallar" (1—4-jildlar, 1929—31), Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan asari bor. D. koʻp jildli "Lugʻatnoma" (Eron ensiklopedik lugʻati)ni tayyorlashga nazariy va amaliy jihatdan katta hissa qoʻshgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil