Dei linchey milliy akademiyasi — Yevropadagi eng qad. FAlardan biri. 1603 y. Italiyaning Rim sh.da tashkil etilgan (1630—1795, 1840—47, 1939—44 yillarda yopilgan). Italiya milliy FAlarining eng yirigi. Akademiyaning asosiy vazifasi Italiyada sanʼat, adabiyot va fanni rivojlantirishga kumaklashish. Akademiya ilmiy tadqiqotlarni muvofiklashtiradi, milliy va xalqaro miqyosda ilmiy kongress, simpozium va konferensiyalar tashkil qiladi, chet el akademiyalari, ilmiy markazlari, institutlari va alohida yirik olimlar bilan aloqa bogʻlaydi. J. Della Porta, G. Galiley dastlabki aʼzolari boʻlishgan. 160 dan ortik, aʼzosi bor.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil