Dekoratsiya (lotincha: decoro – „bezayman“) – teatrda sahnani, kinematografiyada film suratga olinadigan joy – maydon, pavilonni spektakl, film mazmuniga moslab bezash. Dekoratsiya yaratishda rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorlik, voqelik joyini loyihalash sanʼati, yoritish va boshqa vositalardan foydalaniladi. Dekoratsiya yaratish dekoratsiya sanʼati deb ataladi. Teatr dekoratsiyasi sanʼati va kino dekoratsiyasi sanʼati turi bor.

Adabiyotlar tahrir