Delavarlar (oʻzlarini lenape deb atashadi) — indeys xalqi. AQSH (Nyu-York, Viskonsin, Kanzas, Oklaxoma shtatlari, 3 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari) da va Kanada (Ontario viloyatining jan.dagi rezervatsiyalarda, 1 ming kishi) da yashaydi. Algonkin tili guruhiga kiradi. Hozir ingliz tilida soʻzlashadi. D. ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishadi. Qadimda qabilaning afsonaviy tarixi yozilgan piktografik (harf oʻrnida rasm ishlatish) yozuvidan foydalanishgan. Dindorlari — protestantlar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil