Dendrologiya (dendro... va ...logiya) — daraxt va butalar haqidagi fan, botanikaiing bir sohasi; daraxtlarning anatomiyasi, morfologiyasi, taksonomik joylashishi, tur ichidagi sistematikasi va filogenezi, fiziolo-giyasi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadi. Oʻrmonchilik, daraxtzorlar va butazorlar barpo etish, bogʻ va xiyobonlarni loyihalashtirish, qumliklarni, jar sohillarini mustahkamlash, koʻkalamzorlashtirish va b.ga oid masalalarni ishlab chiqadi.

Daraxtlarning manzarali xususiyatini, sanitariya-gigiyenik va ihota rolini oʻrganish, koʻkalamzorlashtirish, shaharlar va sanoat komplekslaridagi atmosferani tozalash, shovqinga qarshi kurashda qoʻl keladigan oʻrmon daraxtzorlarini barpo etish, eroziyaga uchragan togʻli, choʻl mintaqalaridagi tuproklarni himoya qilish, botqokli yerlarni quritish, shoʻrxok tuproklarda tuzli changlarning atmosferaga koʻtarilishiga karshi kurash D.ning muhim yoʻnalishlarini tashkil etadi. D. botanika, oʻrmonchilik, oʻrmon seleksiyasi va koʻkalamzorlashtirish, tuproqshunoslik, geofafiya va b. fanlar bilan chambarchas bogʻliq. D.ning asosiy obʼyekti — daraxt va buta turlaridir.

Oʻzbekistonda D. masalalari V. D. Gorodetskiy (1934-yilda Oʻrta Osiyoning dendroflorasi haqida birinchi maʼlumotnoma tuzgan), F. N. Rusanov, T. I. Slavkina, A. U. Usmonov, G. S. Kostelova, L. V. Yaskina, daraxt va butalarning Oʻzbekistondagi togʻ, choʻl va sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalardagi tuproqlarni suv va shamol eroziyasidan himoya qilishda, sel oqimlariga qarshi kurashdagi roli M. B. Doshchonov, A. V. Gvozdikov, S. M. Ablayev, A. M. Molchanova, G. P. Ozolin, A. A. Xonazarov A. Q. Qayimov, A. O. Dosaxmetov va b. asarlarida yoritilgan. Oʻrmon ixrtazorlarini barpo etish, daraxt va butalarning yangi navlarini yaratish va b. masalalar T. A. Jeltikova, V. M. Rovs-kiy, V. P. Fimkin, S. Ye. Aleksandrovskiy, Ye. A. Butkov va b. oʻrmonshunos olimlarning ilmiy izlanishlarida katta oʻrin egallaydi.

Oʻzbekistonda D. boʻyicha tadqiqotlar Oʻzbekistan FA Botanika instituti va botanika bogʻi, Oʻzbekistan oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universitetining oʻrmonshunoslik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi va b.da olib boriladi.

20-asrning oxirlarida D. tadqiqotlarida asosiy oʻrmon hosil qiluvchi daraxtlar tabiiy populyasiyalarining genetik tuzilmasini oʻsimliklar sistematikasi, ekologiya, biometriya, sitogenetika, geografik ekishlar usullari bilan oʻrganish asosiy yoʻnalishlardan biriga aylandi.

Xalqaro oʻrmon tadqiqotlari tashkilotlari uyushmasi va koʻpgina mamlakatlar (Germaniya, Polsha, Shvetsiya, Fransiya, Shveysariya)dagi D. jamiyatlari, dendrariylar, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlarda D. boʻyicha tadqiqotlar va tajribalar olib boriladi. Har 5 yilda bir marta Jahon oʻrmon kongressi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston FA Botanika bogʻi 1964— 94-yillarda 14 jilddan iborat "Dendrologiya Oʻzbekistana" toʻplamini nashrdan chiqardi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Dendrologiya Oʻzbekistana v 4 tomax, t. 1—4, T., 1965—71; Dendrologiya Oʻzbekistana, t. 1-14, T., 1964-94.

Abduxalil Qayimov, Mirza Sobirov.