Dengiz minalari - dushman kemalari harakatini toʻxtatishga, ularni shikastlantirishga moʻljallangan qurol turi. D. m. suzib yoki koʻchib yuradigan va harakatsiz (langarli va den-giz ostida turadigan) xillarga boʻlinadi. Harakatsiz minalar langarlar yordamida bir joyda ushlab turiladi yoki suv ostiga choʻktiriladi. Suzuvchi minalar suv sirtida yoki ostida oqim va shamol taʼsirida koʻchib yuradi. Portlash usuliga koʻra, D. m. kontaktli va kontaktsiz xillarga boʻlinadi. Kontaktli minalar kema korpusiga urilishi bilan, kontaktsiz minalar turli tabiiy hodisalar (kema korpusining magnit maydoni, vintlarining shovqini va boshqalar) taʼsirida portlaydi. Har bir mina korpusida portlovchi modda zaryadi, portlatish asbobi va ehtiyot anjomlari boʻladi. D. m. dushmanga koʻrinmaydi. Portlash moddasining zarbi kuchli boʻlib, kema korpusining suv ostidagi qismiga jiddiy shikayet yetkazadi yoki kemani choʻktiradi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil