Dengiz qoploni (Hydrurga leptonyx) — asl tyulenlar oilasiga mansub dengiz hayvoni. Faqat bitta turi maʼlum. Gavdasining uzunligi 3,5 m, ogʻirligi 400 kg gacha, tanasining usti kalta va yaltiroq kumushrang jun bilan qoplangan. Tanasining ostki qismi sargʻish rangda. Avstraliya va unga yaqin orollarda, Yangi Zelandiya, Antarktida sohillarida yashaydi. D.q. baliklar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. D. q. kurakoyoklilar orasida suv qushlari va tyulenlarga hujum qiladigan yagona tur hisoblanadi. Soni 800 mingga yaqin. Ovlanmaydi.

Dengiz qoploni
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil