Denonsatsiya (frans. dénoncer — eʼlon qilish, uzish), denonsatsiya qilish — xalqaro huqukda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini toʻxtatishning yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomadan chiqishning eng keng tarqalgan usuli. Odatda, shartnomaning oʻzida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. D.ga oid umumiy qoidalar Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisidagi 1969-yil Vena konvensiyasida bayon qilingan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil