Detektiv adabiyot – jinoyatlarni ochish jarayoni tasvirlangan hikoya, qissa, romanlar. Bu janr asoschisi Edgar Allan Poe („The Murders in the Rue Morgue“ („Morg koʻchasidagi qotillik“), 1841; va boshqa novellalar). Detektiv adabiyot mumtoz asarlarida jinoyatning ochilishi mantiqiy asosda tasvirlanadi (A. K. Doil, K. G. Chesterton, E. Gaborio, A. Kristi, R. Staut). Janrning keyingi taraqqiyoti detektiv adabiyotda ijtimoiy-ruhiy motivlarning paydo boʻlishi (J. Simenon, Matsumoto Seytyo), qonun himoyachilarining jinoyatchilar dunyosi bilan bevosita kurashi tasvirlangan turli-tuman detektiv adabiyot paydo boʻlishi (D. Hammett, R. T. Chandler va boshqalar) bilan bogʻliq. Oʻzbek adabiyotida ham detektiv adabiyot namunalari yaratilgan (Shuhrat, „Bir kecha fojiasi“; Oʻ. Umarbekov, „Yoz yomgʻiri“; O. Muxtor, „Moʻʼjiza“; Tohir Malik, „Shaytanat“ va boshqalar).

Adabiyotlar tahrir