Detektiv film (inglizcha: detective – „izquvar“; lotincha: detego – „ochmoq“, „fosh qilmoq“) – chigal, jinoiy va davlatga qarshi ishlarning fosh etilishi haqida hikoya qiluvchi kino sanʼati asari.

Dastlabki detektiv filmlardan biri „Bir jinoyat tarixi“ (rejissyor Ferdinand Zecca, 1901). Bu janr asoschisi fransuz rejissyori Victorin-Hippolyte Jasset 1908–1909-yillarda izquvar Nick Carter haqida film-serial ishlagan. 1913–1914-yillarda Fransiyada „Fantomas“ (5 seriyalik, rejissyor Louis Feuillade) filmi ekranga chiqdi.

1930-yillar komediya va chuqur psixologik talqinli detektiv filmlar paydo boʻldi. Bu janrning uzluksiz rivoji 1940-yillardan boshlandi:

Detektiv film, shuningdek, „josuslik“ filmlari hamda trillerlarni ham oʻz ichiga oladi.

Mashhur detektiv filmlar:

  • „Soʻnggi patron“ (Ruminiya),
  • „Oltin tish“ (Bolgariya),
  • „Jinoyat joyi – Berlin“ (Germaniya),
  • „Garovga tikilgan hayot“ (Polsha),
  • „Oʻlik mavsum“ (Rossiya)

Oʻzbek detektiv filmlari tahrir

„Oʻlim qudugʻi“ (1933, ssenariychi va rejissyor N. Klalo) birinchi oʻzbek detektiv filmidir.

Eng yaxshi oʻzbek detektiv filmlari:

  • „Falokat oyoq ostida“,
  • „Ehtiyot boʻling! Ilon!“ (rejissyor Zohid Sobitov),
  • „Oltin teri“ (M. Ogʻamirzayev),
  • „Parol– Regina mehmonxonasi“ (Yoʻldosh Aʼzamov, Z. Royzman),
  • „Haqiqatgoʻylikning achchiq mevasi“ (Z. Royzman),
  • „Karaxtlik“ (E. Eshmuhamedov).

Adabiyotlar tahrir