Daily Mirror (talaffuzi: Deyli Mirror; tarjimasi „Kundalik koʻzgu“) — ingliz gazetasi. London, Manchester va Glazgoda chiqadi. 1903-yilda tashkil etilgan. Siyosiy voqealarni yoritishda Leyboristlar partiyasi oʻng qanotining siyosiy-ijtimoiy yoʻnalishiga yaqin turadi. Koʻngilochar va reklama materiallarni koʻp bosadi. Adadi 5 millionga yaqin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil