DEZARG (Desargues) Jerar (taxminan 1593 — Lion — 1662) — fransuz matematigi. Proyektiv va chizma geom. ga asos solgan. Konus kesimlari haqidagi asari umumiy proyektiv geom.ga bagʻishlangan. D. dunyoda birinchi boʻlib geom.ga cheksiz uzoqlashgan elementlarni kiritgan. Proyektiv geom. ning asosiy teoremalaridan birini yaratgan (qarang Dezarg teoremasi). D., shuningdek, tosh oʻymakorligi va quyosh soatlari haqidagi asarlar muallifi.

La pratique du trait a preuves (1643)

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil