Dialektizmlar — adabiy tildagi dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari. Dialektizmlar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va boshqalar)ga taalluqli. Badiiy ijodda dialektizmlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy urgʻu berish maqsadida qoʻllaniladi, bundan tashqari, personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qoʻllash tufayli dialektizmlarlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. Dialektizmlarni qoʻllash uslublararo ham cheklangan. Badiiy uslubda ancha keng, publitsis-tik uslubda qisman qoʻllangani holda ilmiy, rasmiy uslublarda deyarli uch-ramaydi. Baʼzi soʻzlar adabiy til va dialektda qoʻllangani holda boshqa dialektda boshqa maʼnoni ifodalaydi. Mas, „shoti“, „tovoq“ Fargʻona til shevalarida „narvon“, „lagan“ni bildirsa, adabiy tilda „arava shotisi“ „kosaga oʻxshash idish“ni anglatadi. Xorazm shevasiga xos „gʻoʻch“ soʻzi — „mard“, „botir“; „nishatamiz“ — „nima qilamiz“ degan maʼnoni bildiradi. Dialektizmlarlardan oʻrinli foydalanish badiiy ijodning, umuman nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, taʼsirchanligini oshiradi.

Yana qara tahrir

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil