Differensial (lotincha: differentia - farq, tafovut) — bir valdan har xil tezlikda aylanadigan ikki valga yoki ikki valdan bir valga harakat uzatadigan, tishli gʻildiraklari boʻlgan mexanizm.

Avtomobillar yoki boshqa transport mashinalari burilayotganda yetakchi gʻildiraklari har xil tezlikda aylanadi, chunki ulardan biri koʻproq, ikkinchisi kamroq yoʻl bosadi. Differensial ana shunga imkon beradi. Masalan, avtomobillardagi differensial yordamida dvigatel validan vodilo orqali satellitlarga (satellitlar oʻz oʻqi atrofida va mexanizm oʻqiga nisbatan aylanadi), satellitlardan mustaqil markaziy gʻildiraklardan har qaysisiga harakat uzatiladi. Metall kesish stanoklaridagi differensial yordamida kinematik zanjirlar rostlab turiladi. Differensial variatorlar, reduktorlar, muftalar va boshqa qurilmalarda ham boʻladi.

Havolalar tahrir