Dilshod Tohirovich Muxtorov (tugʻ. 1975-yil 1-aprel, Toshkent, OʻzSSR) — mergan, xalqaro mikyosdagi sport ustasi (1997). „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Atlanta (AQSH)da boʻlib oʻtgan jahon kubogi musobaqasida (2001) kichik kalibrli toʻpponcha (MP)dan 50 m masofada oʻq uzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Muxtorov Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika fakultetini tugatgan (1997). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi institutining ilmiy xodimi (1997-yildan). Muxtorov Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni (1990—92, 1994, 1997, 1999-2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, 1999) gʻolibi, Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok) kumush medali sovrindori. Bundan tashqari, bir necha xalqaro turnirlarda (1991, Lvov, 1-oʻrin; 1991, Minsk, 2-oʻrin; 1999, Atlanta, 2-urin), Olimpiada musobaqalarida (2000, Sidney, 5-oʻrin) muvaffaqiyatga erishgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil