"DILXIROJ", Dilharosh (fors. — dilni tirnovchi) — oʻzbek, uyg'ur va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi oʻrin tutadi. D.ning ommabop yallalarga yaqin ashula yoʻli ham mavjud boʻlib, Tojikistonda "Siynaxurush" deb yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yoʻllariga yaqin. D. rivojining yuqori qismida "Zebo pari" avji ishlatilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil