Dinamik dasturlash (program malash) — matematikaning koʻp bosqichli eng maqbul (optimal) boshqarishga oid masalalar nazariyasi va ularni yechish usullarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu yerda dasturlash (programmalash) tushunchasi "rejalashtirish", "qaror qabul qilish", yaʼni "bir qarorga kelish" maʼnolarida ham qoʻllaniladi. Bu prinsip D. d.ning asosiy masalasini oxiridan boshlab yechishga imkon beradi. D. d. chekli bosqichli jarayonlardan tashqari, uzluksiz davom etadigan jarayonlar uchun ham ishlab chiqilgan. U texnika, kosmik parvozlar, xalq xoʻjaligini rejalashtirishning turli masalalarida eng maqbul yechimlar topishga imkon beradi. D. d. usuli elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida tatbiq qilinadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil