Distillangan suv - haydash (distillash) yoʻli bilan tarkibidagi erigan mineral tuzlar, organik moddalar va boshqa qoʻshimchalardan tozalangan suv. Tibbiyotda ishlatiladigan Distillangan suvda nitrat, nitrit va sulfat kislotalar, xlor, kalsiy ionlari, karbonat angidrid va boshqa qoʻshimchalar boʻlmasligi kerak, 10 ml shunday suv buglantirilganda qoldigʻi 0,5 mg dan oshmasligi lozim. Teri ostiga yuboriladigan erit-malar va koʻzga tomiziladigan dorilar tayyorlash uchun Distillangan suv qayta sterillanadi yoki qaynatib olinadi. Distillangan suvda organizm uchun zarur mikroelementlar boʻlmaganligi sababli ichishga yaramaydi, uzoq, isteʼmol qilinganda meʼda toʻqimalaridagi tuzlarni yuvib ketadi, na-tijada epiteliy hujayralari boʻkib, nobud boʻladi. Distillangan suv kimyo va fizika labaratoriyalarida erituvchi sifatida ishlatiladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil