Donor (fizikada) — yarimoʻtkazgichlarda oʻtkazuvchanlikni vujudga keltiruvchi elektronlar bilan taʼminlovchi aralashma atomi. Maʼlum konsentratsiyali biror D.ni kiritib, kerakli fizik xususiyatga ega boʻlgan yarimoʻtkazgichli asboblar yaratiladi. Yarimoʻtkazgichning kristall panjara tugunlarida joylashgan ayrim atomlarning valentligi asosiy atomlar valentligidan bitta katta boʻlgan atomlar bilan almashtirilganda elektronlar bilan taʼminlanish sodir boʻladi. Masalan, germaniy panjarasidagi toʻrtta valent elektronlarga ega boʻlgan bitta germaniy atomi beshta valent elektronga ega boʻlgan aralashmalar (fosfor, mishyak yoki surma) atomi bilan almashtirilgan boʻlsin. Aralashma atomning qoʻshni atomlar bilan kovalent bogʻlanish hosil qilishi uchun toʻrtta elektroni yetarli. Uning beshinchi valent elektroni goʻyo ortiqcha boʻlib qoladi va u atomdan issiqlik harakati energiyasi hisobiga osongina ajralib, betartib harakat qiluvchi erkin elektronga aylanadi. Elektr maydon taʼsirida yarimoʻtkazgich kristallidagi bunday elektronlar tartibli harakatga kelib, elektron oʻtkazuvchanlikni vujudga keltiradi. Bunday yarimoʻtkazgichlar odatda p-turdagi yarimoʻtkazgichlar deb ataladi. ya-turdagi yarimoʻtkazgichlarning elektr, optik va b. xususiyatlari D. konsentratsiyasiga bogʻliq.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil