Dulo — qad. turkiy bulgʻorlar (protobolgarlar) urugʻi. Dunayboʻyi Bulgʻoriyasi tashkil etilgunga kadar maʼ-lum boʻlgan qad. xonlar sulolasi D.dan boshlangan. Birinchi Bulgʻor podsholigi vujudga kelgan paytdan eʼtiboran (681 y.) uning vakillari 739 y.gacha mamlakatni idora etgan. Sulolaning mashhur namoyandalari — Kubratxon (584—642), Asparux (643-701), Tervel (701-718).

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil