Dastin Moskovitz (ingl. Dustin Moskovitz; 1984-yili 22-mayda, Vashingtonda AQSHda tugʻilgan) — amerikalik tadbirkor, shuningdek, Peter Thiel, Sean Parker, Mark Zuckerberg, Eduardo Saverin va Chris Hughes[1] bilan bir qatorda dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri Facebook asoschisidir. Kompaniyada 7.6 % sarmoyaga egalik qiladi.

Dustin Moskovitz
Dustin Moskovitz
Tavalludi 22-may 1984-yil (1984-05-22) (39 yosh)
Fuqaroligi AQSh

Uning boyligi 3 milliard dollar deya baholangan [2], bu boyligi bilan uni Forbes jurnali 2010-yilda jahonning eng yosh milliarderi deb eʼlon qilgan[3]. 2013-yilning 10-martida Forbes jurnali tuzib chiqqan "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatida u 3.8 milliard dollar sarmoya bilan 1-oʻrinni egalladi.

Manbalar tahrir

  1. Carlson, Nicholas „At Last – The Full Story Of How Facebook Was Founded“. Business Insider (2010-yil 5-mart). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
  2. Dustin Moskovitz topic page. Forbes.com. Retrieved September 2010.
  3. „Americaʼs Youngest Billionaires“. Forbes.com (2010-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.