Dvigatel litraji - porshenli ichki yonuv dvigatelinnt ish hajmi yigʻindisi. Mas, bitta silindrning ish hajmi porshen yuzining silindrdagi porshen yoʻliga koʻpaytmasiga teng. D.l. dm3 (litr) da ifodalanadi. Dvigatelning quvvati va oʻlchamlarini bildiradi (mas, mikrolitrajli, kichik litrajli dvigatel va b.). Silindrlari litraji kichik boʻlgan dvigatellar (mas, mototsikl dvigatellari) litraji, koʻpincha, sm3 larda ifodalanadi. Mas, Asaka avtomobil zavodila ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun D. l. quyidagicha: "Tiko" (uch silindrli) — 796 sm3, "Neksiya" (toʻrt silindrli) — 1488 sm3, "Damas" (uch silindrli) — 796 sm3. Avtomobil, samolyot, mototsikl, sport qayiqlari poygalarida ular D. l. boʻyicha sinflarga boʻlinadi va sinfsinf boʻlib poygada qatnashadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil