Edward Donnall Thomas (15-mart 1920 – 20-oktabr 2012) — amerikalik gematolog, onkolog. Ilmiy ishlari qon yaratilishi buzilganda koʻmikni koʻchirib oʻtkazish muammolariga oid; koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo yoki toʻqimalar koʻchib ketishining oldini olish uchun immunitetni susaytirish usuli (immunodepressiya programmasi)ni taklif etgan. Birinchi boʻlib odamda koʻmikni koʻchirib oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan (1956). Nobel mukofoti laureati (1990, J. E. Marri bilan hamkorlikda)[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil