Egey dengiziOʻrta dengiz havzasidagi yarim berk dengiz. Bolqon va Kichik Osiyo yarim orollari va Krit o. oraligʻida. Gretsiya va Turkiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Dardanell boʻgʻozi orqaly Marmar dengizi bilan tutash. Maydoni 191 ming km². Eng chuqur joyi 2561 m. Orol koʻp, yiriklari: Shimoliy va Janubiy Sporadalar, Kiklad o.lari va boshqalar Suvining temperaturasi yuza qatlamida qishda 11 — 16°, yozda 22— 25°. Shoʻrligi 37—38°/O0. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (1 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Pirey, Saloniki (Gretsiya), Izmir (Turkiya).

Egey dengizi