Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvarda[1] Toshkent shahrida tugʻilgan. Termizning Surxon klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Yegor Krimets
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yegor Vladimirovich Krimets
Tavallud sanasi 27-yanvar 1992-yil (1992-01-27) (32 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.93 cm (1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Surxon
Raqami 2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2022 Oʻzbekiston Paxtakor 150 (4)
2013   Xitoy Beijing Guoan 13 (0)
2016—2017   Xitoy Beijing Guoan 33 (0)
2022 Oʻzbekiston Navbahor 0 (0)
2024— Oʻzbekiston Surxon 1 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 3 (0)
2012 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 1 (0)
2013— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 40 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

Egor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39 ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4-marta ishgʻol qildi[2].

2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdi[3].

2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi[4]. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5 ta gol kiritgan. 2016-yil 8-yanvar „Paxtakor“ klubi yana bir bir Krimetsni Xitoyning Beijing Guoan FC jamoasiga ijaraga bergan[5][6]. Ikki mavsumdan soʻng Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan[7]. Keyinchalik Paxtakor jamoasi toʻrt mavsum davomida oʻynab uch bor Oʻzbekiston Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum ancha ogʻir kelgan va jaroxatga olim mavsum katta qismini oʻtkazib yubordi[8]. Mavsum yakunida „Paxtakor“ klubini tark etib 2022-yilgi mavsumni „Navbahor“ klubida boshlagan[9]. 2022-yil 18-mayda jaroxatlar qaytalanishi va sogʻligʻidagi muammolar sababli „Navbahor“ jamoasi bilan shartnomani bekor qilindi va jamoani tark etdi[10]. Maʼlum vaqt futboldan yiroq boʻlgan Krimets 2023-yil 24-dekabrda „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi[11].

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati tahrir

Egor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.

Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida Eron bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentyabrda Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Uylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.

Statistikalari tahrir

Klubdagi ishtiroki Liga Kubok Qitʼaviy Umumiy
Mavsum Klub Liga Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Oʻzbekiston Liga Oʻzbekiston kubogi Osiyo Umumiy
2010 Paxtakor Oliy liga 0 0 1 0 0 0 1 0
2011 16 1 5 0 3 1 24 2
2012 21 3 5 0 4 0 30 3
Xitoy Liga FA kubogi Osiyo Umumiy
2013 Beijing Guoan FC XFCh 13 0 3 0 2 0 18 0
Umumiy Xitoy 13 0 3 0 2 0 18 0
Oʻzbekiston 37 4 11 0 7 1 55 5
Umumiy karyerasi 50 4 14 0 9 1 73 5

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir