Eksgumatsiya (lotincha: yexshltiz yerdan) — murdani koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish zaruriyati tugʻilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish. Oʻzbekistonda E. tergovchi yoki surishtiruvchining qarori va prokurorning sanksiyasi asosida oʻtkaziladi. Qarorda E.ning sabablari koʻrsatiladi. E., odatda, oʻlimga sabab boʻlgan holatlarni aniqlash, oʻlgan kishining shaxsini belgilash, birinchi marta yoki qayta sudtibbiy ekspertizasi oʻtkazish va boshqalar maqsadlarda qilinadi. E. paytida sud tibbiyoti sohasidagi shifokor, zarur boʻlsa, bo,shqa mutaxassislar ham qatnashadi.