Ekspozitsiya (lotincha: — koʻrsatish, bayon etish) — badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va boshqalarni koʻrgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda maʼlum tizimda joylashtirilishi. Doimiy va davriy E.ning maqsadi barcha eksponatlarni ularning badiiy va ilmiy qiymati, tarixiy badiiy jarayondagi oʻrni, materiallarning ahamiyatini mukammal yoritib berishdir. E. erkin yoki tomoshabinlarning tanishish yoʻnalishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Zamonaviy sharoitda E. eksponatlarni saqlash qoidalariga javob beradigan maxsus uskunalar, eksponatning qisqacha xarakteristikasi hamda E. xususiyatlari, asarlari bayon qilingan ixcham matnlar bilan taʼminlanadi.

Ekspozitsiya