Eldor Shomurodov

O‘zbekistonlik iqtidorlik futbolchi

Eldor Azamat oʻgʻli Shomurodov (1995-yil 29-iyunda; Jarqoʻrgʻon, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, Italiya A seriyasining „Cagliari“ klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi.

Eldor Shomurodov
Shomurodov, Rostov, 2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shomurodov Eldor Azamatovich
Tavallud sanasi 29-iyun 1995-yil ( 1995-06-29) (28 yosh)
Tavallud joyi Jarqoʻrgʻon, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.90 cm (12 in)[1]
Ampluasi Hujumchi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Italiya Cagliari
Raqami 61
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Oʻzbekiston Mash'al 9 (0)
2015—2017 Oʻzbekiston Bunyodkor 66 (18)
2017—2020 Rossiya Rostov 80 (16)
2020—2021 Italiya Jenoa 31 (8)
2021—2023 Italiya Roma 34 (3)
2023 Italiya   Spezia 15 (1)
2023— Italiya   Cagliari 13 (2)
Milliy terma jamoa
2014 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U19 5 (1)
2015 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U20 5 (2)
2015—... Oʻzbekiston Oʻzbekiston 71 (40)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Mashʼal

Shomurodov 6 yoshida futbol bilan shugʻullanishni boshladi. 11 yoshida Termizdan 300 km shimolda joylashgan Muborak shahrida „Mash’al“ futbol klubi akademiyasida oʻqishni boshladi. 19 yoshida 2014-yilda asosiy tarkibga jalb etila boshlandi va oʻsha mavsumda oʻnta uchrashuv oʻtkazdi va „Mashal“ Oʻzbekiston chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. Bungacha yoshlar jamoasida oʻynagan, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar jamoasiga jalb qilingan.

Bunyodkor

2015-yil boshida Eldor Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 2017-yil iyun oyigacha oʻynagan. Hammasi boʻlib Shomurodov, Bunyodkor jamoasi tarkibida 96 ta oʻyin oʻtkazdi va 20 ta gol urdi (Oʻzbekiston Oliy Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va OChLda). „Bunyodkor“ bilan birgalikda Shomurodov Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylandi, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

2015-yil oxirida Shomurodov AFCning „Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga nomzodlar qatoridan joy oldi, ammo yakunda Shomurodov bilan tengdosh jamoadoshi Dostonbek Hamdamov gʻolib boʻldi.

Rostov

2017-yil iyul oyida Shomurodov Rossiyaning „Rostov“ klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Shomurodov Rossiya chempionatidagi debyutini 2017-yil 30-iyulda uchinchi turda „Amkar“ ga qarshi safar oʻyinida amalga oshirdi — 88-daqiqada zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. Oʻyin natijasi 1:0 hisobi bilan yakunlandi. 2019-yil may oyi oxirida Rostov jamoasi Shomurodov bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi, 7-iyun kuni esa shartnoma besh yilga uzaytirildi.

2019-yil avgust oyida Shomurodov Rossiya Premyer-ligasining oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20 yilgi mavsumda Eldor Rossiya chempionatining 28 uchrashuvida 11 ta gol urdi[2].

Jenoa

2020-yil 1-oktyabrda Shomurodov Italiyaning „Jenoa“ klubi bilan shartnoma imozlagan[3][4]. Shomurodov Italiya chempionatida Ilyos Zeytullaevdan keyin tarixdagi ikkinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.[5][6] 19-oktyabr kuni Shomurodov A Seriyada debyut uchrashuvini oʻtkzishga muvaffaq boʻlgan. Bu oʻyinda Jenoa klubi „Verona“ ga qarshi baxs olib borgan, Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 90-daqiqa davimida harakat qilgan.[7] 30-noyabr kuni A Seriyaning „Parma“ ga qarshi oʻyinining ikkinchi yarmida Eldor „Jenoa“ tarkibidagi ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan.[8][9] U oʻzining birinchi Italiya mavsumini umumiy 32 oʻyinda 8 ta gol bilan yakunlagan — shundan 5 tasi A Serianing soʻnggi 6 oʻyinida raqib darvozasiga kiritilgan.

Roma

Eldor 2021-yilning yozgi transfer oynasida 18 million € evaziga „Jenoa“dan „Roma“ jamoasiga transfer qilingan[10]. U 2021-yil 3-avgustda Roma bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2026-yilning 30-iyunigacha amal qilishi belgilab qoʻyildi.[11] 19-avgustda Eldor UEFA Konferentsiyalar Ligasi doirasida „Trabzonspor“ ga qarshi oʻyinda (1:2) debyutini oʻtkazdi va bu oʻyinda „Roma“ uchun birinchi va gʻalaba golini kiritdi.[12]Roma“ tarkibidagi daslabki mavsumida 40 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va boʻrilar safida UEFA Konferensiyalar Kubogida goʻlib chiqdi. Bu borada UEFA tasnifidagi kubokni qoʻlga kiritgan Vitaliy Denisovdan soʻng ikkinchi futbolchi boʻldi.

2022-yil 28-iyul kuni „Roma“ oʻzining mavsumoldi yigʻini doirasida „Tottenhem“ga qarshi nazorat oʻyinida ishtirok etish uchun Isroilning Tel-Aviv shahriga yoʻl oldi. Mazkur yigʻinga Shomurodov jalb etilmadi. U murabbiylar shtabining qarori tufayli Rimda qoldi. 2022-23-yilgi mavsumni „Roma“ klubi takibida boshladi ammo kam oʻyin amaliyoti tufayli qishgi transfer oynasi vaqtida Italia A Seriasining boshqa bir jamoasi „Spezia“ klubiga ijara asosida oʻtgan.

Spezia

2023-yilning 30-yanvarida, bir yarim yil davomida u Giallorossi safida kuchli raqobat va kam oʻyin amaliyoti tufayli[13][14], Speziaga 1.5  million € evaziga ijaraga berildi.[15][16][17][18]. Speziada ijara asosida oʻynab yurgan vaqtida Eldorga Turkiya Super ligasi 2022—2023-yilgi mavsum chempioni, Okan Buruk boshchiligidagi Galatasaroy jamoasi qiziqish bildirgan va Romadan Eldorni sotib olishga harakat qilgan[19]. Keyinchalik Eldorga Moskvaning Spartak jamoasi taklif bilan chiqqan, biroq Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida oʻynashni rad etgan[20].

Cagliari

Spezia jamoasidagi ijara shartnomasi yakunlangach, Eldor Italiya va yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar boʻlgan. Bu takliflar orasidan Italiyaning „Cagliari“ jamoa taklifini qabul qildi va 2023-yil 27-iyul sanasida 1+3 asosida shartnoma imzolagan[21]. Shartnomada dastlabki mavsumini ijara asosida oʻtkazadi va keyinchalik „Roma“ jamoasidan sotib olish huquqi bilan 3 yillik uzaytirish imkoniyatiga ega[22][23]. 2022—2023-yilgi mavsumning yarmini Spezia jamosida ijara asosida oʻtkazgan Shomurodov, jamoa tarkibida 16 bora maydonga tushib 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Eldor Rim jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha imzolangan. Internet saytlari hozirgi kunda transfer bozorida, Shomurodovning transfer qiymatini 6 million yevroga baholashmoqda[24].

Terma jamoadagi faoliyati

Eldor Shomurodov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazdi. 2016-yilgacha Eldor Oʻzbekiston yoshlar jamoasida oʻynagan. 2015-yildan boshlab Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etila boshladi. Shomurodov milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2015-yil 3-sentyabr kuni Jahon chempionati-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik, Shomurodov doimiy tarzda terma jamoaga jalb qilina boshlandi va Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.[25]

2018-yil dekabr oyida Shomurodov Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9 yanvar kuni Ummonga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida, oʻyinning 86-daqiqasida gol urib, uchrashuvda gʻalaba toʻpini kiritdi (2:1). 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Oʻzbekiston — Turkmaniston oʻyinining 24 va 42-daqiqalarida ikkita gol urdi. Natijada, Oʻzbekiston milliy jamoasi turkmanlarni 4:0 hisobida magʻlub etdi.[26] 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan guruh bosqichining uchinchi oʻyinida Oʻzbekiston Yaponiyaga 1:2 hisobida yutqazdi, 40-daqiqada jamoasining yagona goli Eldor tomonidan urildi.[27] 1/8 finalda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazdi, asosiy va qoʻshimcha vaqt 0:0 hisobida durang bilan tugadi.[28]. 2023-yilda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻyinda, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan. Oʻyin davomida Eldor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Kiritilgan ikki gol Shomurodovni Oʻzbekiston Futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylantirgan. 28 yoshli hujumchi terma jamoa safida hozirga qadar 36 ta gol urishga erishgan. Eldor toʻpurarga aylanguniga qadar terma jamoa safida gol urish boʻyicha peshqadam, futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jmaosining sobiq oʻyinchisi va sardori Maksim Shatskixga tegishli boʻlib, u terma jamoa safida 34 marotaba raqiblar darvozasiga gol kiritishga muvaffaq boʻlgan[29].

Oʻyin uslubi

Oʻng oyoqli Shomurodov ham gol urishga, ham golli uzatma berishga qodir,[30][31][32] hujum chizigʻida ajralib turishi mumkin boʻlgan birinchi raqamli hujumchi. Raqiblar bilan tezlikda kuchli tezlashuv va progressiyaga qodir, u birlashtiruvchi uchi sifatida ham mohir boʻla oladi. Jismoniy jihatdan kuchli, u boʻshliqlar va havodan ham hujum qila oladi, yaxshi dinamizmga ega va havoda oʻynashda mahoratlidir.  U yarim himoyachilar va hujumkor yarim himoyachilar bilan bogʻlanish uchun orqa chiziqda birlashadigan jamoa uchun koʻp ishlaydi.[33]  U oʻyinni qanday oʻzgartirishni biladi va toʻplar orqali oʻtishni, raqib himoyasi ortidan zarba berishni yaxshi biladi.[34] Shuningdek, u tezkor qadamlari va toʻpni yon chiziqdan voleybolchilardek otish kuchi bilan ajralib turadi. Yaxshi texnika bilan jihozlangan, u toʻpni himoya qilishda va oldinga siljishda mahoratli va ochiq maydonda xavfli boʻlishi mumkin.

U boʻy tarafidan 20 sm farqiga qaramay „Oʻzbek Messi“ laqabini oldi.[32]

Yutuqlari

Klublar ishtirokida

Mashʼal

Bunyodkor

Roma

Shaxsiy

Faoliyat statistikasi

Klub

2022-yil 9-noyabr oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[35]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Club Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Daraja Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Mashʼal Muborak 2014 Oʻzbekiston Superligasi 9 0 0 0 - - 9 0
Bunyodkor 2015 Oʻzbekiston Superligasi 25 7 5 1 4 0 1 2 35 10
2016 Oʻzbekiston Superligasi 27 10 5 0 7 2 0 0 39 12
2017 Oʻzbekiston Superligasi 14 1 3 0 6 1 0 0 23 2
Jami 66 18 13 1 17 3 1 2 97 24
Rostov 2017-18 Rossiya Premyer-ligasi 18 2 2 0 - - 20 2
2018-19 Rossiya Premyer-ligasi 26 3 6 1 - - 32 4
2019-20 Rossiya Premyer-ligasi 28 11 2 0 - - 30 11
2020-21 Rossiya Premyer-ligasi 8 0 0 0 1 1 - 9 1
Jami 80 16 10 1 1 1 - 91 18
Genoa 2020-21 Serie A 31 8 1 0 - 0 0 32 8
Jami 31 8 1 0 - 0 0 32 8
Roma 2021-22 Serie A 28 3 1 1 11 1 - 40 5
2022-23 Serie A 6 0 0 0 2 1 - 8 1
Jami 34 3 1 1 13 2 - 48 6
Spezia 2022-23 Serie A 15 1 1 0 16 1
Cagliari Calcio 2023–24 Serie A 13 2 2 0 15 2
Umumiy faoliyat 245 48 26 3 31 6 2 2 304 59

Milliy terma jamoa

2022-yil 20-noyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[36]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2015 2 1
2016 12 3
2017 7 2
2018 7 0
2019 14 13
2020 1 1
2021 8 2
2022 10 11
2023 8 5
Umumiy 69 38
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollar soni koʻrsatiladi, gollar ustuni Shomurodovning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.[36][37]
Eldor Shomurodov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 2015-yil 8-oktabr Bahrain National Stadium, Riffa, Bahrayn   Bahrayn 4-0 4-0 2018 FIFA World Cup qualification
2 2016-yil 14-fevral Al-Rashid Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Livan 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 2016-yil 7-iyun Thermenstadion, Bad Waltersdorf, Avstriya   Kanada 1-1 1-2
4 2016-yil 24-iyul Bunyodkor stadioni,Toshkent, Oʻzbekiston   Iroq 2-0 2-1
5 2017-yil 27-yanvar The Sevens Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Gruziya 1-0 2-2
6 2-2
7 2019-yil 9-yanvar Sharjah Stadium, Sharjah, Birlashgan Arab Amirliklari   Ummon 2-1 2-1 2019 AFC Asian Cup
8 2019-yil 13-yanvar Al-Rashid Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Turkmaniston 2-0 4-0
9 4-0
10 2019-yil 17-yanvar Khalifa bin Zayed Stadium, Al Ayn, Birlashgan Arab Amirliklari   Yaponiya 1-0 1-2
11 2019-yil 25-mart Guangxi Sports Center, Nanning, Xitoy   Xitoy 1-0 1-0 2019 China Cup
12 2019-yil 11-iyun Milliy stadion, Toshkent, Oʻzbekiston   Suriya 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
13 2-0
14 2019-yil 10-oktabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Yaman 2-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification
15 2019-yil 15-oktabr National Stadium, Kallang, Singapur   Singapur 2-1 3-1
16 3-1
17 2019-yil 14-noyabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Saudiya Arabistoni 1-0 2-3
18 2019-yil 19-noyabr   Falastin 1-0 2-0
19 2-0
20 2020-yil 8-oktabr   Eron 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
21 2021-yil 7-iyun King Fahd International Stadium, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni   Singapur 3-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification
22 2021-yil 5-sentyabr Friends Arena, Solna, Shvetsiya   Shvetsiya 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
23 2022-yil 27-yanvar The Sevens Stadiums, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Janubiy Sudan 1-0 3-0
24 2-0
25 2022-yil 22-mart Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston   Qirgʻiziston 1-1 3-1 Navroʻz kubogi
26 2022-yil 29-mart   Uganda 2-0 4-2
27 3-1
28 4-1
29 2022-yil 11-iyun   Maldiv orollari 1-0 4-0 2023 AFC Asian Cup qualification
30 2-0
31 3-0
32 2022-yil 27-sentyabr Suwon World Cup Stadium, Suwon, Janubiy Koreya   Kosta Rika 1-0 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
33 2022-yil 16-noyabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Qozogʻiston 2-0 2-0
34 2023-yil 24-mart King Abdullah Sports City, Jeddah, Saudi Arabia   Boliviya 1-0 1-0
35 2023-yil 14-iyun Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Turkmaniston 1-0 2-0 CAFA Millatlar Kubogi 2023
36 2-0
37 2023-yil 17-iyun   Tojikiston 2-1 5-1
38 2023-yil 16-noyabr   Turkmaniston 3–1 3–1 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC ikkinchi bosqich
39 2024-yil 21-mart Mong Kok Stadium, Hong Kong   Gonkong 1–0 2–0
40 2024-yil 26-mart Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 1–0 3–0

Shaxsiy hayot

Otasi Azamat Shomurodov Oʻzbekiston chempionatining quyi ligalari jamoalarida oʻynagan, uning 1991-yilda tugʻilgan akasi Sanjar Shomurodov ham futbol oʻynagan, hozirda Surxondaryo futbol asotsiatsiyasining vitse-prezidendi lovozimida faoliyat yuritadi.[38] Eldor Shomurodovning amakisi Ilhom Shomurodov ham Oʻzbekistonda mashxur hujumchi boʻlgan.

Manbalar

  1. „Eldor Shomurodov“. AS Roma. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  2. Andoza:Cita web
  3. „Спасибо за все, Элдор!“ (ru) (2020-yil 1-oktyabr). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2020-10-17 sanasida arxivlangan)
  4. Andoza:Cita web
  5. Andoza:Cita web
  6. Va però detto che Zeytullayev ha giocato al Andoza:Calcio Genoa ma in Serie B, per quanto riguarda la massima serie vi ha militato ma con la Andoza:Calcio Reggina
  7. „Serie A, Hellas Verona-Genoa 0-0: le pagelle“. Eurosport (2020-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  8. „Genoa-Parma 1-2, doppietta di Gervinho, l’uzbeko Shomurodov non basta ai rossoblu“ (2020-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  9. „Serie A, Genoa-Parma 1-2: decide una doppietta di Gervinho“. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  10. „Shomurodov romani tark etmoqchi“.
  11. „Eldor Shomurodov Completes Roma Move!“. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust. [sayt ishlamaydi]
  12. „Konferensiyalar Ligasi. Eldor Shomurodov gol urgan oʻyinda “Roma” Turkiya klubini magʻlub etdi“. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust. [sayt ishlamaydi]
  13. https://www.sportitalia.com/serie-a/shomurodov-via-da-roma-a-gennaio-su-di-lui-fiorentina-sassuolo-e-toro-988
  14. https://www.gazzetta.it/Calcio/Calciomercato/Roma/25-03-2022/roma-smanie-shomurodov-gioco-poco-non-me-l-aspettavo-mentre-kumbulla-4302022582266.shtml
  15. „Shomurodov Rimni tark etish arafasida“.
  16. https://www.asroma.com/it/notizie/2023/01/Eldor-Shomurodov-ceduto-a-titolo-temporaneo-allo-Spezia
  17. https://www.acspezia.com/it/news/ufficiale-eldor-shomurodov-un-nuovo-calciatore-dello-spezia.24442.html
  18. https://www.goal.com/it/notizie/colpo-spezia-ufficiale-l-arrivo-di-shomurodov/blt95245bbe02b770a1
  19. https://www.championat.com/football/news-5150205-galatasaraj-hochet-podpisat-byvshego-igroka-rostova-shomurodova.html
  20. https://www.championat.com/football/news-5161103-istochnik-spartak-svyazalsya-s-shomurodovom-po-povodu-perehoda-igrok-ne-hochet-igrat-v-rpl.html
  21. „Расман! Шомуродовнинг янги жамоаси маълум“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  22. „«Кальяри» клуби Элдор Шомуродов трансферини эълон қилди“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  23. „РАСМАН: Шомуродов - "Кальяри" футболчиси“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  24. https://www.championat.com/football/news-5185535-byvshij-forvard-rostova-shomurodov-pereshyol-v-kalyari.html
  25. „Uzbekistan- Yemen, 2015-09-03“. FIFA (2015-yil 3-sentyabr). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  26. „Eldor Shomurodov secures a 2-1 win for Uzbekistan over Oman“. Sports.uz (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  27. Ridge, Patric. „Turkmenistan 0 Uzbekistan 4: Group F leader cruises into Asian Cup last-16“. The Hindu (2019-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  28. „AFC Asian Cup 2019: Tsukasa Shiotani screamer as new-look Japan too much for Uzbekistan“. Hindustan Times. AFP (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  29. https://www.championat.com/football/news-5138855-shomurodov-stal-luchshim-bombardirom-v-istorii-sbornoj-uzbekistana.html
  30. „10 cose da sapere su Eldor Shomurodov“ (it) (2021-yil 3-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  31. „Roma, ecco Shomurodov: duttilità e prospettiva per l'attacco giallorosso“ (it) (2021-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  32. 32,0 32,1 „Genoa, Shomurodov: chi è, perché prenderlo al fantacalcio“ (it) (2020-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  33. „Ho fatto bene a prendere Shomurodov al Fantacalcio?“ (2023-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  34. „"Grifo uzbeko", Zeytualaev: «Shomurodov? Forte di testa, gran fisico e generoso: somiglia a Milik“ (it) (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  35. Eldor Shomurodov Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20 November 2015.
  36. 36,0 36,1 „Eldor Shomurodov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  37. Eldor Shomurodov Soccerway saytida
  38. „Sanjar SHomurodov Surxondaryo futbol associaciyasining yangi birinchi vice-prezidenti etib tayinlandi.“. Championat.asia (2019-yil 25-oktyabr).

Havolalar