Eleias Konstantinos Himaras (2002-yil, 8-martda tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, Kanada Premyer-ligasining York United jamoasida oʻynaydi.

Eleias Himaras
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eleias Konstantinos Himaras
Tavallud sanasi 8-mart 2002-yil (2002-03-08) (22 yosh)
Tavallud joyi London, Ontario, Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 1.85m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kanada York United FC
Raqami 67
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
London NorWest Optimist SC
London Alliance FC
London Portuguese Fury
2018—2020 Toronto FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Toronto FC III 1 (0)
2019 Toronto FC II 0 (0)
2021 FC London 10 (0)
2021York United FC (ijara) 0 (0)
2022 Electric City FC 3 (0)
2022- York United FC 10 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Canada U17 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (18-iyul 2022-yil uchun)

Yoshligi tahrir

Himaras besh yoshida London NorWest Optimist SC yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshlagan. Etti yoshida Himaras London Portugal Fury jamoasiga qoʻshilmasidan oldin, London Alliance FC klubida bir yil oʻtkazdi[1]. Keyinchalik u 2018-yilda Toronto FK akademiyasiga qoʻshildi[2].

Klubdagi faoliyati tahrir

2018-yil, 18-sentyabrda u oʻn olti yoshida Toronto FC III klubi safidagi debyutini Ontario 1-ligasi vakilli Vaughan Azzurri klubiga qarshi 6:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi[3]. 2019-yilgi mavsumda u USL Birinchi ligasi Toronto FC II jamoasida zaxira posboni boʻlib ishlagan va birorta oʻyinda maydonga tushmagan. Toronto FC II COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilgi mavsumni tark etganidan soʻng, Himaras oʻzining tugʻilgan shahri London, Ontarioga mashgʻulot oʻtkazish uchun qaytdi[4].

2021-yilgi mavsumda u Ontario Birinchi ligasining London FC klubi sharafini himoya qildi, jamoa safida 11 oʻyinining 10 tasida maydonga tushdi va ikkita oʻyinda jamoa bilan gʻalaba qozondi[5]. Keyinchalik 2021-yilda u Kanada Premyer-ligasining York United klubiga shoshilinch ravishda qoʻshildi va asosiy darvozabon Nathan Inghamning jarohat olgani sababli unga oʻrinbosar sifatida jamoani himoya qildi[6][7].

2022-yilda mavsumoldi oʻyinlarda York United FC klubida tayyorgarlik koʻrganidan soʻng[8] League1 Ontarioning Electric City FC klubi bilan shartnoma imzoladi[9]. U 21-may kuni ProStars FC ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻz debyut oʻyinini oʻtkazdi[10]. Keyin u 2022-yilning iyul oyida asosiy futbolchi sifatida York United klubiga qaytdi[11]. U 2022-yil, 7-avgustda Valourga qarshi oʻyinda debyut qildi, Niko Giantsopoulosning jarohat olgani sabali, birinchi boʻlimda oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

2019-yilning mart oyida u Kanada U17 terma jamoasiga ilk bor yigʻinga chaqirildi. Keyinchalik u 2019-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Kanada terma jamoasining roʻyxatiga kiritildi va u yerda Yangi Zelandiya U17ga qarshi oʻyinda debyut qildi[13].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil, 12-oktabr holatiga ko'ra[14]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Pley-off Kubok Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Toronto FC III 2018[15] Ontario Birinchi liga 1 0 1 0
Toronto FC II 2019 USL Birinchi liga 0 0 0 0
FC London 2021[16] Ontario Birinchi liga 10 0 10 0
York United (ijara) 2021 Kanada Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Electric City FC 2022[17] Ontario Birinchi liga 3 0 3 0
York United 2022 Kanada Premyer-ligasi 10 0 0 0 10 0
Karyera jami 24 0 0 0 0 0 0 0 24 0

Manbalar tahrir

  1. „Himaras headed for big things“. London Sports Xpress (28-avgust 2018-yil).
  2. „TFC Prospect Eleais Himaras Summer Update“. Seneca Journalism (12-avgust 2020-yil).
  3. Halis. „Vaughan Takes Over Fourth Spot With Resounding 6-0 Defeat Of TFC III“. League1 Ontario (21-sentabr 2018-yil).
  4. „Toronto F.C. System Goalkeeper Working Hard During Pandemic“. Seneca Journalism (12-avgust 2020-yil).
  5. „Electric City FC Signs CPL U Sports Draft Pick, Former U17 Canadian International, and Two U Sport Standouts“. Electric City FC (15-aprel 2022-yil).
  6. „York United signs goalkeeper Eleias Himaras as primary roster addition“. York United FC (2021-yil 6-avgust).
  7. Veth. „Eleias Himaras joins York United - Replacement for Ingham“. Transfermarkt (7-avgust 2021-yil).
  8. „Electric City signs new players as season opener nears“. The Peterborough Examiner (16-aprel 2022-yil).
  9. Vernon. „Electric City FC announce four new signings“. PTBO Today (18-aprel 2022-yil).
  10. „Weekend Recap: Electric City FC Men and Women Have a Tough Weekend on the Road“. Electric City FC (28-may 2022-yil).
  11. „York United FC confirms signing of Canadian goalkeeper Eleias Himaras“. York United FC (19-iyul 2022-yil).
  12. Gangué-Ruzic. „Valour FC continue summer surge with big 2-0 win over York United“. Canadian Premier League (7-avgust 2022-yil).
  13. Jacques. „York United Recruits Eleias Himaras As Emergency Goalkeeper“. Northern Tribune (7-avgust 2021-yil).
  14. Eleias Himaras Soccerway saytida
  15. „Eleais Himaras 2018 L1O Stats“. League1 Ontario.
  16. „Eleais Himaras 2021 L1O Stats“. League1 Ontario.
  17. „Eleais Himaras 2022 L1O Stats“. League1 Ontario.