Elias Canetti (1905.25.7, Ruschuk, Bolgariya — 1994.14.8, Syurix, Shveysariya) — avstriyalik yozuvchi. Birinchi asari — "Koʻr boʻlish" (1931) romanida tartibsiz, harob dunyo manzaralari tasvirlangan, K.ning tasvirlashicha, odamlar bu dunyoda oʻz aqlsizliklari tutquni boʻladilar. "Toʻy" (1932), "Shuhratparastlik komediyasi" (1934) pyesalari va b. esselarida omma ruhiyati qonunlarini rivoyat shaklidan foydalangan holda ochib bergan. "Mahkum etilganlar" (1955) pyesasida K. ijodining asosiy mavzularidan biri — inson hayoti cheklanganligidan noroziligi bayon etilgan. Madaniy-falsafiy esselardan iborat "Omma va hokimiyat" (1960) kitobida Yevropa fashizmi ildizlarini koʻrsatib berdi. Bundan tashqari, yozuvchining maqola va hikmatli soʻzlardan iborat "Qaydlar" (1965), "Inson viloyati" (1972), 3 jildli memuar kitobi ("Qutqarilgan til","Qulokdagi mashʼala", "Karovchilar") va b. asarlari bor. Nobel mukofoti laureati (1981).[3]

Elias Canetti
Tavalludi 25-iyul 1905[1][2]
Vafoti 14-avgust 1994[1][2]
Ijod qilgan tillari Bolgar tili, Judaeo-Spanish, Nemis tili[1] va Ingliz tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va Bolgariya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. "KANETTI (Canetti) Elias" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil