Elizabeth Chase Olsen (talaffuzi: Elizabet Cheyz Olsen; 16-fevral 1989-yilda tugʻilgan)[1] amerikalik aktrisadir. Kaliforniyadagi Sherman Oaksda tugʻilgan Olsen aktrisalik faoliyatini toʻrt yoshidan boshlaydi. U 2011-yilda suratga olingan Martha Marcy May Marlene trilleridagi debyut rolidan soʻng, shuhrat qozondi va boshqa maqtovlar qatorida Critics' Choice Movie Awardga nomzod ham boʻlgan, undan soʻng esa Silent House nomli dahshatli filmda rol oʻynaydi. Olsen BAFTA Rising Star Awardga nomzod boʻlgan va ikki yildan keyin New York universitetini tamomlagan.

Elizabeth Olsen

Olsen 2019-yilgi San Diego Comic-Conda
Tavalludi
Elizabeth Chase Olsen

16-fevral 1989-yil (1989-02-16) (35 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1993—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Robbie Arnett
Qarindoshlari

Olsen Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel kinematografiya koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Wanda Maximoff / Scarlet Witch rolini jonlantirgan.

Hayoti tahrir

Elizabeth Chase Olsen[2] 1989-yil 16-fevralda Los-Anjeles (Kaliforniya) atrofida joylashgan Sherman Oaksda tugʻilgan.[3][4] Onasi Jarnie — sobiq raqqosa, otasi Dave esa koʻchmas mulk boʻyicha agent boʻlgan.[5][6] 1995-yilga kelib, Elizabeth 6 yoshligida, ota-onasi ajrashishadi. Elizabethning akasi James Trent Olsen hamda egizak opalari — taniqli aktrisalar, produserlar va dizaynerlar boʻlmish Mary-Kate va Ashley Olsen mavjud. Elizabethning singlisi Taylor Olsen va akasi Jake Olsen otasining Martha MacKenzie bilan ikkinchi turmushidandir.[7][8]

Shaxsiy hayoti tahrir

Olsen 13 yoshidan boshlab oʻzini ateist deb hisoblaydi.[9] U Bobbi Brown Cosmetics shirkati elchisidir. U va aktyor Boyd Holbrook 2011-yildan 2014-yilgacha munosabat oʻrnatishgan.[10] Olsen Milo Greene guruhi musiqachisi Robbie Arnett bilan uch yillik tanishuvdan soʻng 2019-yil iyul oyida unashtirilgan.[11][12] U va Arnett hozirda Los-Anjelesda yashashadi.[13] Olsen 2021-yil iyun oyida ikkalasi turmush qurganligini maʼlum qildi.[14][15]

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2011 Martha Marcy May Marlene Martha
Silent House Sarah
Peace, Love & Misunderstanding Zoe
2012 Red Lights Sally Owen
Liberal Arts Zibby
2013 Kill Your Darlings Edie Parker
Very Good Girls Gerry Fields
In Secret Thérèse Raquin
Oldboy Marie Sebastian / Mia Doucett
2014 Birinchi qasoskor: Qish askari Wanda Maximoff / Scarlet Witch Epizod rolda[16]
Godzilla Elle Brody
2015 I Saw the Light Audrey Williams
Qasoskorlar: Ultron davri Wanda Maximoff / Scarlet Witch
2016 Birinchi qasoskor: Qarshilik
2017 Ingrid Goes West Taylor Sloane
Wind River Jane Banner
Kodachrome Zoe Kern
2018 Qasoskorlar: Cheksizlik jangi Wanda Maximoff / Scarlet Witch
2019 Qasoskorlar: Intiho
2021 Doctor Strange in the Multiverse of Madness Wanda Maximoff / Scarlet Witch[17]

Televideniye tahrir

Yil Nomi Rol Izohlar
1994 How the West Was Fun Mashinadagi qiz Televizion film
2016 Drunk History Norma Kopp Qism: „Siblings“
2017 HarmonQuest Stirrip Qism: „The Keystone Obelisk“[18]
2018-bugun Sorry for Your Loss Leigh Shaw 10 ta qism; Shuningdek, ijrochi produser sifatida
2021 WandaVision Wanda Maximoff / Scarlet Witch

Qisqa hajmli videolar tahrir

Yil Nomi Rol Izohlar
1993 Our First Video Oʻzi
Olsen Twins Mother’s Day Special
1994-1996 The Adventures of Mary-Kate & Ashley 4 ta qism

Manbalar tahrir

  1. „Elizabeth Olsen“. Hollywood.com. 19-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  2. Newcomb, Alyssa „Elizabeth Olsen says she once considered dropping her famous last name“. Today (22-aprel 2021-yil). 22-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  3. „Celebrity birthdays for the week of Feb. 10-16“. Associated Press (15-fevral 2019-yil). 21-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
  4. Patterson, John „Elizabeth Olsen: 'I never got a job because of my sisters'“. The Guardian (14-sentabr 2021-yil). 9-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  5. Mathews, Jay „Less is more“. The Washington Post (3-fevral 1991-yil). 15-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  6. Rozen, Leah „An Olsen Sister Finds a Spotlight All Her Own“. The New York Times (11-oktabr 2011-yil). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2020-yil.
  7. Rozen, Leah. „Elizabeth Olsen in ʻMartha Marcy May Marlene'“. The New York Times (11-oktabr 2011-yil).
  8. „Mary-Kate and Ashley Olsen Biography“. 'Bio'. A+E Networks. 31-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2010-yil. (Wayback Machine saytida 31-may 2010-yil sanasida arxivlangan)
  9. Ryder, Caroline „Elizabeth Olsen cover interview for Dazed&Confused“. 8-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  10. Harmata, Claudia „Elizabeth Olsen Debuts Huge Emerald Engagement Ring During Outing with Fiancé Robbie Arnett“. People (5-avgust 2019-yil). 12-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2020-yil.
  11. Lampen, Claire „Elizabeth Olsen Maybe Lets Slip That She Got Married“. The Cut (8-iyun 2021-yil). 9-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2021-yil.
  12. Fernandez, Alexia. „Surprise! Elizabeth Olsen Is Engaged to Musician Robbie Arnett, Says Source“. People (30-iyul 2019-yil). 31-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2019-yil.
  13. Olsen, Elizabeth „Elizabeth Olsen on How the Produce in Her Garden Reflected Her Varying Emotions During the Pandemic (Guest Column)“. The Hollywood Reporter (15-avgust 2020-yil). 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
  14. West, Amy „WandaVision's Elizabeth Olsen has married partner Robbie Arnett“. Digital Spy (9-iyun 2021-yil). 9-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  15. Hirwani, Peony „Elizabeth Olsen lets slip she's married while talking with Kaley Cuoco“. The Independent (10-iyun 2021-yil). 10-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  16. Varma, Arjun Captain America The Winter Soldier: Leaked Post-Credits Scenes Feature Quicksilver and Scarlet Witch“. International Business Times (12-mart 2014-yil). 19-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Donnelly, Matt „ʻDoctor Strange’ Sequel Billed as First MCU Horror Film at Comic-Con“. Variety (20-iyul 2019-yil). 21-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
  18. „HarmonQuest S02E08 - The Keystone Obelisk“. 18-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2018-yil. (Wayback Machine saytida 18-aprel 2018-yil sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir