Embargo (ispancha. — xatga olish, man etish) — davlat tomonidan muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qoʻyish; ayrim mamlakatlar yoxud mamlakatlar guruhi bilan savdo munosabatlarini toʻla taqiqlash; iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiytexlik tazyiq vositasi boʻlib, hukumat tomonidan joriy etiladi. BMT qaroriga koʻra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa nojoʻya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini toʻsib qoʻyshi ham E. hisoblanadi.