Empirizm (yunoncha έμπειρία - "tajriba") bilim faqat shaxsiy tajriba ortidan olinishi mumkinligini uqtiruvchi epistemologiya yoʻnalishidir. Ratsionalizmdan farqli oʻlaroq kuchli subyektivizmga suyanadi.

Empirizm (yun. yetreta — tajriba) — falsafiy oqim; hissiy tajribani bilishning birdanbir manbai deb hisoblaydi. Ratsionalizmgl qaramaqlrshi turadi. Tajribani, hissiy bilishni mutlaqlashtirish, ratsional bilish (tushunchalar, nazariyalar) ahamiyatini pasaytirish E.ga xos jihatlardir. E. yaxlit gnoseologik konsepsiya sifatida 17—!8-asrlarda shakllandi (F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum); E.ning ayrim belgilarini pozitivizm, neopozitivizm (mantiqiy E.)da koʻrish mumkin. 19-asrda E.ning asosiy vakili sifatida ingliz faydasufi E.S.Milltanildi. Hozirgi zamon fizikasi E.ning mantiqiy yoʻnalishiga tayanadi.