Emulgatorlar (lotincha: sogʻaman) — emulsiya hosil qiladigan moddalar, emulsiyalarning stabilizatorlari. E. jumlasiga emulsiyani tashkil etgan 2 fazadan birida eriydigan tabiiy va sunʼiy birikmalar (baʼzi tuzlar, asoslar, organik kislotlar, sovunlar, aminlar va boshqalar sirt faol moldalar), kukun holidagi moddalar kiradi. E. sifatida ishlatiladigan modda tarkibida (uning disperslik darajasidan qatʼi nazar) gidrofil va gidrofob qismlar boʻlishi kerak, chunki deyarli hamma E.ni sirt faol moddalar desa boʻladi. Kuchli gidrofil qismiga ega boʻlgan E. M/S tipidagi emulsiyalar (yaʼni moyning suvdagi emulsiyasi) olish uchun xizmat qiladi. Gidrofob qismlari kuchli boʻlgan E. esa S/M tipidagi emulsiyalar (yaʼni suvning moydagi emulsiyasi) hosil qilishda ishlatiladi. Agar 10 ml suvga 10 ml benzol qoʻshib chayqatilsa, 2 xil emulsiya olish mumkin. Ana shu aralashmaga gidrofil E. qoʻshilsa, E. molekulasining qutbsiz (utlevodorod) qismi moy tomchilariga, qutbli qismi (—SOON, — ON, — 1MN2guruhlari) esa suv tomchilariga botadi, lekin gidrofil E.ni suv koʻproq xoʻllaydi, natijada E. hajmining koʻp qismi suvga, oz qismi esa benzolga botadi. Shu sababli benzol tomchisi atrofida E.ning sidirgʻa pardasi hosil boʻladi; bu tomchini E. molekulari yaxshi qurshab oladi. Natijada M/S tipidagi emulsiya barqarorlashadi. Gidrofob E. qoʻshilganda S/M tipidagi emulsiya hosil boʻladi.