Endokardit — endokardshtt yalligʻlanishi. Odatda, miokardning yalligʻlanishi (endomiokardit) bilan birga kechadi. Kelib chiqishiga koʻra, revmatizm (revmatik E.) va sepsis (septik E.), shuningdek, zaxm, sil va shikastlanish oqibatida rivojlanadigan E. farqlanadi. E.da koʻpincha yurak klapanlari (miokard infarktida) zararlanib, funksiyasi oʻzgaradi, bu yurak poroklarita olib keladi. E.ning turli shakllarida yurak klapanlari turlicha (mas, revmatik E.da mitral klapan; septik va zaxm E.ida aortal klapan) zararlanadi.

E. oʻtkir, baʼzan xavfli, oʻrtacha oʻtkir, surunkali kechadi. Kasallikning klinik belgilari uning etiologiyasiga bogʻliq. Revmatik E. asta-sekin boshlanadi, lohaslik, toliqish, bir oz harorat koʻtarilishi, yurak urishining tezlashuvi va shu sohada noxush ogʻriq kuzatiladi; auskultatsiya chogʻida yurakda oʻziga xos shovqin eshitiladi, puls tezlashadi.

Septik E.da dastlab salgina harorat koʻtariladi, keyinchalik shamollash aralash qattiq isitma tutadi; teri rangsizlanadi, koʻp terlash, qamqonlik alomatlari kuzatiladi; eritrotsitlarning choʻkish tezligi ortadi, puls tezlashadi, yurak oʻlchamlari kengayadi, yurakda shovqin, aortal yetishmovchilik vujudga keladi. Septik E.da emboliya, buyrak, miya tomirlarining zararlanishi va boshqalar asoratlar rivojlanishi mumkin.

Davo kasallikning shakli, kechishi va belgilariga qarab tayinlanadi.

Oldini olish. E.ga sabab boʻladigan kasalliklar (revmatizm, angina va boshqalar)ni oʻz vaqtida davolashdan iborat.